Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sarhisob: OKMK vakillari e’tirof etildi

04 Dekabr 2025, 9:51 146

Joriy yilning 3-dekabr kuni Kon-geologiya vazirligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ga bag‘ishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Kon-geologiya vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirlik ijro apparati xodimlari, tizim korxonalarining rahbarlari hamda korrupsiyaga qarshi komplayens xizmatlarining mas’ul xodimlari OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Kon-geologiya vaziri B.Islamov vazirlik va uning tizimosti korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, ““CERT International” kompaniyasi direktori R.Ibragimov ISO 37001 va 37301 xalqaro standarti bo‘yicha tashqi audit natijalariga muvofiq Kon-geologiya vazirligi rahbariyatiga tegishli xalqaro sertifikatlarni taqdim etdi.

Aksilkorrupsiya oyligi davomida vazirlik va tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi she’r”, “Eng yaxshi rasm” va “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan tizimosti korxonalar xodimlariga Vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi prokurori, yuridik fanlar falsafa doktori T.Safarov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy idealizm madaniyatini shakllantirish masalalari to‘g‘rsida” ma’ruza qildi.

E’tiborlisi, “Eng yaxshi she’r” tanlovida "Olmaliq" KMK AJ Mis boyitish fabrikasi yong‘in xavfsizligi muhandisi Bekmirza Janibekov “Poraxo‘rlar” she’ri bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbirda OKMK Komplayens хizmati Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “Eng faol Komplayens tuzilma” nominatsiyasida faхrli ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech