• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Seminarda bilimlar mustahkamlandi

23 May 2022, 14:51 1406

OKMKda o‘z faoliyatini olib borayotgan Komplaens – nazorat xizmatining ish tizimini takomillashtirish maqsadida ijro apparati ishchi hodimlari uchun 3 kunlik seminar trening tashkil etildi.

“Ishlab chiqarish-moliyaviy xatarlarini monitoring qilish boshqarmasining ish tizimida normativ hujjatlarni shakllantirish hamda transformatsion tartib-taomillarni yuritishda xalqaro standartlarga tayanish” mavzuida olib borilgan seminarda o‘quv hamda amaliy jarayonlar tashkil etildi. Bunda har bir ishtirokchiga o‘quv materiallari tarqatildi.   

Mashg‘ulotning ilk kunida ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linib, ishchi-xodimlarni ishga qabul qilishda shuningdek, tovarlarni sotib olishda, ularni hisoblashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar ko‘rib chiqildi.

Mashg‘ulotlarning ikkinchi kunida “Ichki nazorat tizimi” mavzuida olib borilgan seminarda nazorat jarayonlari, baholanishi va qanday amalga oshirilishaga alohida e'tibor qaratildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar komplaens tizimi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdi. Unda komplaens ya'ni korrupsiyaga qarshi tizim boshqaruvidagi komponentlar, dastur va standartlari, qonuniy asoslariga asosiy e'tibor qaratildi.

Mashg‘ulotlar OKMK komplaens nazorat xizmatining ichki normativ xujjatlari loyihasini ishlab chiqqan «Ernst and young advisory» xalqaro konsalting kompaniyasi vakili, menedjer Larisa Baskakova tomonidan olib borildi. 

Bu kabi seminar-treninglar OKMKning boshqa bo‘linmalarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech