Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Tadbirda kombinat tarkibiy boʻlimlari rahbarlari, faol yoshlar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan Abdulla Xursanov, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar haqida ma’lumot berdi va yoshlarning jamiyatdagi oʻrni, jarayonlarga daxldorligi xususida soʻz yuritdi.
A.Xursanov har doim yoshlar kombinat rahbariyatining e’tiborida ekanligini, ularning gʻoya va takliflari qoʻllab-quvvatlanishini ma’lum qildi.
Tadbirda tinchlikning qadriga yetish, shukronalik hissi bilan yashash, qo’shni davlatlar va xorijda boʻlayotgan ixtiloflardan toʻgʻri xulosa chiqarish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar oʻzlarini qiynayotgan masalalar haqida oʻz fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirishdi.
Tadbir davomida bir guruh ilgʻor yoshlar hamda kombinat yoshlarining faoliyatini yoritib kelayotgan OKMK Axborot xizmati xodimlari qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.
Axborot xizmati