Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Shahrimizda yana bir bog‘ tashkil etildi

25 Noyabr 2025, 9:17 315

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, o‘rmonlar va yashil hududlar maydonini kengaytirish, ulardan samarali foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish ishlarini tizimli amalga oshirish maqsadida butun mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng quloch yozgan.

Kuni-kecha shahrimizning Uvaysiy mahallasi hududidagi bir gektar yer maydoniga ham “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari doirasida manzarali daraxt nihollari ekildi va ko‘rkam bog‘ga asos solindi.

Avvaliga qarovsiz yotgan bu toshloq yer maydoni maxsus texnikalar yordamida tozalandi hamda ishlov berildi.

Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tashabbusi va homiyligida amalga oshirilgan ushbu xayrli ishda Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etdi. Prokuratura tomonidan tashkil etilgan ushbu ekobog‘ga ekilgan 300 manzarali daraxt ko‘chatlari va butalar hamda "hamisha bahor", "lavanda" kabi gul ko‘chatlari hademay, shahrimiz chiroyiga chiroy qo‘shib, atmosfera tozaligini ham ta’minashga o‘ziga xos ulush qo‘shadi. Ushbu ekobog‘ nazorati Mis boyitish fabrikasiga yuklatildi.

Zero, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida shu kabi qator ekobog‘lar tashkil etilgan va hozirda ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi sa’yi-harakatlar jadal davom etmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech