Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 8-sentyabr kuni “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Olmaliq KMK” AJ ning 2023-yil 25-yanvar sanasidagi № 0087-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Qalmoqqir kon boshqarmasiga qarashli “Yoshlik-1” koni Shimoliy-G‘arbiy Baliqti karyerida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda FM tuzilmalari va FVDT quyi tizimining harakati” mavzusida maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, “Yoshlik-1” shimoliy-g‘arbiy Baliqti karyerida soat 9.00da 5 balli zilzila sodir bo‘lishi oqibatida temiryo‘l izlari pastki qismi o‘pirilishi hisobiga temiryo‘l izlari kengayib ketishi va texnologik tortuv agregatining vagonlari temir yo‘l izidan chiqib ketadi. Harakatlanuvchi tarkibning temiryo‘l izidan chiqib ketishi, g‘ildirak juftliklarining temiryo‘l izlariga ishqalanishi ortidan uchqunlanish yuzaga keldi va harakatlanuvchi tarkibning harakatlanuvchi qismlari yog‘-moy mahsulotlari bilan yog‘lanishi hisobiga yong‘in ro‘y beradi. Zilzila oqibatida tebranish hisobiga yumshoq zamin bo‘lib uyulgan tog‘ jinslarida o‘pirilish yuzaga keladi. Bu vaqtda ekskavator harakatlanuvchi qismlarini ko‘zdan kechirayotgan va ularga texnik xizmat ko‘rsatayotgan ekskavator mashinisti yordamchisi tan jarohati olib, tog‘ jinslari qisman bosib qoladi. Ushbu voqeaga guvoh bo‘lgan ekskavator mashinisti va texnologik tarkib mashinisti zudlik bilan radioaloqa orqali tog‘-kon dispetcheriga xabar beradi va yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga kirishadi. Tog‘-kon dispetcher xizmati kon boshqarmasi rahbariyatiga va hamkorlikdagi tashkilotlarga xabar berdi.
Kon boshqarmasi fuqaro muhofazasi shtabi boshlig‘i buyrug‘i bilan soat 09.10 da kon boshqarmasi FM shtabi va Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi FM shtabi (KYoUD, razvedka qidiruv guruhi va qutqaruv guruhi) voqea joyiga yig‘ilishdi. Razvedka qidiruv guruhi xolatni aniq o‘rganib chiqib FM shtab boshlig‘iga axborot berganidan so‘ng, kon boshqarmasi FM shtabi boshlig‘i ko‘rsatmalari bilan 3Yo sonli ekskavator va tortuv agregati kontakt tarmog‘i elektr kuchlanishidan uzildi. Shundan so‘ng, ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinasi va qutqaruv guruhlari yong‘inni bartaraf etish va jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini boshlashdi. Soat 09.18 da kon boshqarmasi tez tibbiy yordam xizmati yetib keldi va jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatdi. Soat 09.20da esa kombinat ob'ektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari maxsus yong‘in o‘chirish avtomashinalarda yetib keldi va yong‘inni bartaraf etishga kirishishdi.
Soat 09.22 da fuqaro muxofazasi otryadi xodimlari maxsus texnikada yetib kelishdi va jabrlanganlarni voqea joyidan evakuasiya qilishib, qutqaruv ishlarini boshlashdi. Yong‘in soat 09.32 da bartaraf etildi. Soat 09.45 da jabrlanganlar voqea joyidan evakuasiya qilindi. Soat 09.55 da texnologik sostavning vagonlari temiryo‘l izlariga qayta tiklandi. Maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti yakunida FM otryadi komandiri Q.Dushanov va Qalmoqqir KB FM shtabi boshlig‘i - bosh muhandisi A.Asqarovlar tadbirga baho berishdi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etildi.
M.Gaydarov,
Qalmoqqir KB tovar-moddiy boyliklarni saqlash
va fuqaro muhofazasi bo‘yicha muhandisi