• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Shirin Mamaziyoyeva – Kombinat go‘zali

07 Aprel 2022, 13:59 1769

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan 2022-yil 6-aprel kuni “Metallurg” MSda  “Kombinat go‘zali-2022” ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi o‘tkazildi.

Final bosqichida ishtirokchilar sport shartida yugurish, turgan joyda sakrash, darts kabi bahslarda o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi. Tandirda non yopish shartida esa mazali non yopishni amalda namoyon etishdi. Taniqli artistlarga parodiya qilishib, aktyorlik mahoratiga ega ekanliklarini ham hakamlar hay'atiga ko‘rsatishdi.

Bundan tashqari, qatnashchilar “Yangi O‘zbekiston – Yangicha dunyoqarash” mavzusida videoroliklar orqali taqdimotlar ham o‘tkazishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Kovuldi koni vakilasi Shirin Mamaziyoyeva –  “Kombinat go‘zali” sifatida e'tirof etildi.

Shuningdek, Zulxumor Jo‘rayeva(Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi) – “Eng iste'dodli”, STTB vakilasi Svetlana Lunkina “Eng latofatli” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

Bundan tashqari, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti vakilasi Zuhra Ilyasova “Eng quvnoq”, Mis boyitish fabrikasi sharafini himoya qilgan Fotima Darobova esa “Eng nafis” nominatsiyasi g‘oliblariga aylanishdi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirishdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech