"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi kunda emallangan mis sim mashinasozlik, elektrotexnika, telekommunikatsiya, energetika hamda maishiy texnika ishlab chiqarish kabi ko'plab strategik tarmoqlarning ajralmas qismiga aylangan. Elektr dvigatellari, transformatorlar, generatorlar va boshqa murakkab qurilmalarning uzluksiz hamda ishonchli ishlashini ta'minlovchi ushbu turdagi mis simlarga bo'lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda misdan yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, import o'rnini bosish va eksport salohiyatini kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilyapti.
Jumladan, Mis eritish zavodiga qarashli Simni cho'zish va emallangan mis sim ishlab chiqarish sexida sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mazkur bo'linma 1995-yil 23-martda o'z faoliyatini boshlagan bo'lsa, 2000-yildan buyon Mis eritish zavodi tarkibidagi alohida ishlab chiqarish bo'linmasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sex taraqqiyotida yangi bosqich 2017-yilda boshlandi. Kombinatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiya etish dasturi doirasida amalga oshirilgan "Mis sim ishlab chiqarishni tashkil etish" investitsiya loyihasi asosida diametri 1 millimetrdan 4,5 millimetrgacha bo'lgan, yuqori qo'shimcha qiymatga ega eksportbop mis simlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Bugungi kunda jarayonlar ikki asosiy uchastkada tashkil etilgan. Dastlabki bosqich — simni cho'zish bo'limi hisoblanadi. Bu yerda diametri 8 millimetr bo'lgan mis katankalar maxsus filera orqali tortib o'tkaziladi. Zamonaviy texnologiya yordamida simning diametri kamaytirilib, uzunligi oshiriladi. Natijada turli o'lcham va texnik talablarga javob beradigan mis simlar tayyorlanadi.
Keyingi texnologik bosqich emallash uchastkasi hisoblanadi. Yillik quvvati 500 tonna bo'lgan ushbu bo'limda tayyor mis simlar sakkiz qatlami lak bilan qoplanadi. Shu tariqa elektr izolyatsiyasi yuqori, xalqaro standartlarga to'liq javob beruvchi sifatli mahsulot ishlab chiqariladi.
Mis eritish zavodi Simni cho'zish va emallangan mis sim ishlab chiqarish sexi boshlig'i Zohidxon Omilxonovning ma'lum qilishicha, sex mehnat jamoasiga yuklatilgan vazifalar o'z muddatida bajarib kelinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mis simlarning sifati sexning analitik laboratoriyasida doimiy nazorat ostida bo'ladi. Har bir smenada olingan namunalar qoplama mustahkamligi, qatlamlar sifati, qalinligi, cho'ziluvchanligi, qattiqligi hamda mexanik bardoshliligi bo'yicha sinovdan o'tkaziladi. Laboratoriya xulosasi ijobiy bo'lganidan keyingina tayyor mahsulot belgilangan standartlarga muvofiq holda iste'molchiga yetkazib beriladi.
Zamonaviy texnologiyalar, qat'iy sifat nazorati va malakali mutaxassislarning fidokorona mehnati uyg'unligi tufayli Simni cho'zish va emallangan mis sim ishlab chiqarish sexi bugun nafaqat kombinat ehtiyojini ta'minlamoqda, balki mamlakatimiz sanoatining raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish va yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga ham munosib hissa qo'shyapti.
Ishlab chiqarish va ta'mirlash biznesingiz uchun sifatli xom ashyo qidiryapsizmi? Biz sizga eng maqbul va sinalgan yechimni taklif etamiz!
Bugungi kunda sexda zamonaviy texnologiyalar asosida, xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan 30 turdan ortiq emallangan mis simlar hamda diametri 1 mm dan 4 mm gacha bo'lgan xomaki mis sim mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Nima uchun aynan bizning mahsulotlarni tanlashadi?
Bizning mis simlar — uzoq yillik chidamlilik va yuqori o'tkazuvchanlik garovidir!
Batafsil ma'lumot va buyurtma berish uchun telefonlar: +998 (93) 182-24-38
Biz bilan biznes va ishlab chiqarishdagi samaradorlikni yangi bosqichga olib chiqing!