"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki, ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik 1” konini oʻzlashtirish investitsiyaviy loyihasi jadal sur’atlarda amalga oshirib kelinmoqda.
Kon ishlari jadallashgan sari, boʻsh togʻ jinslarini avtomobil transporti orqali uyum(otval)largacha tashish masofasi ortishi tabiiy hol. Bu esa katta sarf-xarajatlarni talab qiladi. Tashish xarajatlarini kamaytirish va iqtisodiy tejamkorlikka erishish maqsadida kombinat rahbariyati tashabbusi bilan yana bir yirik loyihaga start berilmoqda.
Unga koʻra boʻsh togʻ jinslarini tashish uchun moʻljallangan siklik oqim texnologiyasi-2 qoʻllanilishi natijasida iqtisodiy samaradorlikka va harajatlarni 30% gacha qisqartirishga erishish koʻzda tutilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya boʻsh togʻ-jinslarini uyumlarga uzluksiz yetkazib berish imkonini beradi.
Ushbu obyekt boʻsh togʻ-jinslarini qabul qiluvchi 2ta bunkerdan va bunkerga 3 tarafdan avtosamosvallarda boʻsh togʻ jinslarini toʻkish uchun moʻljallangan joydan iborat boʻladi. Shuningdek, mazkur obyektda yirik maydalagichlar ham oʻrnatilib, ular boʻsh togʻ-jinslarini qabul qilib maydalab berishadi.
Maydalangan boʻsh togʻ-jinslari lentali konveyerlar orqali uyumlovchiga yoʻnaltiriladi va oʻsha yerga yigʻib boriladi.
Siklik oqim texnologiyasida ish faoliyati uzluksiz 2 smenada boʻlib, uning yillik quvvati 25 mln. metr kubni tashkil qiladi.
OKMK Axborot xizmati