"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi hamda OKMK hamkorligida “Marhamat” tantanalar majmuida kombinat mehnat faxriylari uchun O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov hamda Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi raisi Aleksandr Farmanov inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizda nuroniylarga alohida e'tibor qaratilayotganini, kombinat mehnat faxriylari hamisha e'zozda ekanligini ta'kidlashib, ayyom bilan barchani samimiy muborakbod etishdi.
Tadbir davomida bayram munosabati bilan 5 nafar kombinat mehnat faxriysiga “Faol faxriy” ko‘krak nishoni taqdim etildi.
“Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mehnat faxriylarini raqsga chorladi.
Axborot xizmati