Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari OKMKda bo'lishdi

25 May 2026, 10:3 212

Prezidentimizning 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son Farmoni hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Boshqaruv kengashi yig'ilishining 1-son bayoni 10-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Bank-moliya akademiyasida vazirlik va idoralarning sohaviy xodimlari uchun bir haftalik maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi. Mazkur o'quv dasturining mantiqiy davomi sifatida kurs tinglovchilari joriy yilning 22-may kuni mamlakatimizning eng yirik sanoat gigantlaridan biri hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga amaliy tashrif buyurishdi.

OKMKga tashkil etilgan tashrif davomida tinglovchilar yirik sanoat korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari hamda mahalliylashtirish dasturi asosida sanoat kooperatsiyasi aloqalari qanday yo'lga qo'yilishini bevosita kuzatish imkoniga ega bo'ldilar.

Mehmonlar “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” konlaridagi texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ular joriy yilning mart oyida ishga tushirilgan 3-Mis boyitish fabrikasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishib, korxonada o'rnatilgan eng zamonaviy, yuqori texnologik uskunalar haqida batafsil ma'lumot oldilar.

OKMKda mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi sanalgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodining faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tinglovchilar, “Shatakka olish” mexanizmi asosida ishlab kelayotgan “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” korxonasida ham bo'lishdi. Mazkur korxonaning kombinat bilan yaqin hamkorlikda ilgari xorijdan olib kelingan import mahsulotlarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli o'zlashtirgani tinglovchilar tomonidan yuqori baholandi.

OKMKga uyushtirilgan ushbu tashrifsohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o'rtasida samarali tajriba almashish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech