Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Dunyo boʻylab hamkorlik chegaralarini kengaytirib borayotgan OKMK koʻplab xalqaro miqyosdagi kompaniyalar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlab kelmoqda. Xususan, Germaniya davlatining “GP Gunter Papenburg AG” konserni va kombinat oʻrtasida turli yoʻnalishlarda bir necha yillik qoʻshma loyihalar mavjud. Kuni kecha mazkur kompaniya vakillari shuningdek, Saksoniya federativ birligi savdo-sanoat va hunarmandchilik palatasi hamda Evropaning bir qator ishlab chiqarish korxonalari vakillari Olmaliqqa tashrif buyurishib hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qilishdi.
Mehmonlar dastavval Yevropaning mis sanoati sohasidagi yirik kompaniyasi “Aurubis”ning mutaxassislarni qayta tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha tajribasi asosida tashkil etilgan kombinat muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishishdi. Maʼlumki ilm-fan — insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi. U millat, til yoki geografik hududlar bilan cheklanmaydi. Har qanday global miqyosda rivojlanishni maqsad qilgan korxona avvalo malakali kadrlar tayyorlash siyosatiga tayanadi. Delegatsiya aʼzolari bilan kelgusida mazkur muassasa o‘quv kurslari uchun yevropalik o‘qituvchi professorlarni jalb qilish, kombinat mutaxassislari hamda maktab tinglovchilarini Germaniyaga yuborish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kun tartibi bo‘yicha mehmonlar Qalmoqqir koni hamda Texnologik transport boshqarmasiga ham tashrif buyurishib, kombinatda tog‘-kon transportlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ma‘lumot uchun “GP Gunter Papenburg AG” konserni tarkibida xomashyo, qurilish materiallari, mashina va uskunalari, logistika, tijorat avtomobillari, xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash va utilizasiya qilish kabi yo‘nalishlarda 69 ta kompaniyalar faoliyat yuritadi.
Navbatdagi manzilda yangi bunyod etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasining to‘liq integratsiyalashgan avtomatlashtirish tizimi germaniyalik mehmonlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Angela Papenburg “GP günter Papenburg AG” konserni boshqaruvi aʼzosi: Men Angela Papenburg “GP Gunter Papenburg oilaviy qurilish konserni boshqaruv aʼzosiman. Shu bilan birga Aurubis kompaniyasi bilan aloqadormiz. Bugungi tashrifda kombinat muhandislik maktabida bo‘ldik. U yerda tahsil oluvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va taʼlim sifati tahsinga loyiq. Bizga maʼlumki bu yerda Germaniyada o‘qishni xohlovchi yoshlar ko‘p. Biz bilan birga kelgan boshqa kompaniya vakillari ham kelgusida yosh mutaxassislarning germaniyada tajriba almashish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirishdi. Bundan tashqari kombinat bilan elektrometallurgiya, mexanika, elektronika yo‘nalishlarida ham hamkorlik qilmoqchimiz. Yana aytish joizki,bizni korxonangizda tunu kun to‘xtovsiz ishlovchi tog‘-kon transportlar logistikasi hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilgani hayratlantirdi. Hozir biz turgan yangi fabrika kombinatda naqadar ulkan loyihalar amalga oshirilayotganini yaqqol namoyon etmoqda va o‘ylaymizki, kompaniyalarimiz o‘rtasida hamkorlik ko‘lami yana-da kengayadi.
Ikki kompaniya uchun birdek manfaatli bo‘lgan tashrif davomida Germaniya davlatida Yevropalik hamkorlar ishtirokidagi OKMK forumini o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.
OKMK Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: