Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK vakili “Yilning eng yaxshi ratsionalizatori” nominatsiyasi gʻolibi

30 Sentyabr 2025, 10:7 1190

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Geologiya fanlari universitetida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov hamda Geologiya fanlari universiteti rektori A.Kadirxodjayev ishtirok etishdi.

Tadbirda rahbarlar yosh mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar, tadbir ishtirokchilarining taklif va tashabbuslarini tingladilar. Bildirilgan tashabbus va takliflarni o‘rganish hamda ularni kelgusida birgalikda amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish belgilab olindi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining “Kon-geologiya sohasida yilning eng yaxshi ratsionalizator g‘oyalari” tanlovi g‘oliblari taqdirlanishdi.

Eʻtiborlisi, tanlovning “Yilning eng yaxshi ratsionalizatori” nominatsiyasi gʻolibligini OKMK Sanoat temir yoʻl transporti boshqarmasi ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘I Sanjar Tuldibayev qoʻlga kiritdi.

Tanlov gʻoliblari maxsus statuetka va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanishdi.

Maʻlumot uchun Sanjar Tuldibayev tomonidan 2BC-105 tipidagi dumpkar tayanch toʻsinining konstruksiyasiga oʻzgartirish kiritish rasionalizatorlik taklifi berilgan.

Mazkur ehtiyot qismning STTB Vagon xizmatida ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish espluatasiya jarayonlarida dumpkarlarning etishmovchiligini oldini olishda muhim omil hisoblanadi va iqtisodiy jihatdan salmoqli natijalarga erishiladi.

2BC-105 tipidagi dumpkar tayanch toʻsin ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda yiliga 12ta ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu ehtiyot qismning bir donasining import narxi 848 000 000,00   soʻmni va mahalliy ishlab chiqarilgan narxi 155 091 409,11 soʻmni tashkil etishidan kelib chiqqan holda yillik iqtisodiy samara 8 314 903 090,68 soʻmni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech