Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMKning 2021-yil 25-oktabr kunidagi 01325-sonli buyrug‘iga ko‘ra, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi tarkibida Noruda materiallarini qazib olish va yuklash xizmati tashkil etildi.
Mazkur xizmat tarkibida 3ta uchastka faoliyat yuritadi: Noruda qurilish materiallari karyeri uchastkasi, Mis eritish zavodiga qarashli shlakli otval uchastkasi va Sharxiya karyeridagi uchastka.
Xizmat boshlig‘i Ilyos Uralovning ma'lum qilishicha, xizmatning asosiy vazifasi “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirib kelinayotgan bunyodkorlik ishlarida zarur bo‘lgan qum-shag‘al aralashmasi bilan ta'minlashdan iborat.
Shuningdek, xizmat STTB tomonidan temiryo‘l izlarini yotqizishda, po‘lat izlarning mustahkamligini ta'minlashda ballast uchun kerakli bo‘lgan qum-shag‘al aralashmasini yetkazib beradi.
Yana bir muhim jihat “Yoshlik-1” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining poydevorlari uchun zarur bo‘lgan qum shag‘al aralashmasi ham ushbu xizmat tomonidan muntazam ravishdan ta'minlab kelinadi.
“Sharxiya” karyeridan qazib olinayotgan qum-shag‘al aralashmasi esa Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash bo‘linmalarini mustahkamlash uchun foydalaniladi.
Xizmat tomonidan shuningdek, trestning qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqarish boshqarmasiga asfalt tayyorlashda muhim bo‘lgan 0-5 mm fraksiyali qumlar ham yetkazib beriladi.
Yangi mehnat jamoasi 2021-yilning dekabr oyidan o‘z faoliyatini boshladi. Yanvar oyi uchun 247235 tonna noruda materiallar qazib olish va yuklash vazifasi berilgan bo‘lib, ayni kunlarda ishchi-xodimlarning sa'yi-harakatlari bilan reja bajarilishi kutilmoqda.
Shuningdek, mehnat jamoasi oldiga 2022-yilda 2937,2 ming tonna noruda materiallarni qazib olish va yuklash vazifasi qo‘yilgan.
Bundan tashqari, “Sharxiya” karyeridan 1 970,1 ming tonna maydalangan qum aralashmasini ortish, 2-Mis boyitish fabrikasiga 600 ming tonna otval shlaklarini ortish, “Transport” karyeridan 367,1 ming tonna maydalangan qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuklash rejasi belgilangan.
Yangi mehnat jamoasining ishlariga muvaffaqiyat tilagan holda kombinat ishlab chiqarish yutuqlariga munosib hissa qo‘shishlarini tilab qolamiz.
Axborot xizmati