"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Sanoat temir yoʻl transporti boshqarmasining 2-sonli temir yoʻl sexi Vagonlarni ta’mirlash punkti hududida taktik-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tadbirda OKMK Fuqaro muhofazasi otryadi komandiri Q.Dushanov, 51-sonli kasbiylashgan yongʻindan qutqarish qismi boshligʻi A.Sobirjonov, STTB boshligʻining TMB butligini saqlash boʻyicha oʻrinbosari M.Madmarov, STTB bosh muhandis oʻrinbosari O.Raxmatillayev va koʻngilli qutqaruv boʻlinmalari ishtirok etdi.
Mashgʻulot ssenariysiga koʻra, poyezd vagoni (dumpkari) boshmoqsiz qochib ketishi natijasida Sulfat kislota sisternasiga borib urilishi, buning oqibatida yongʻin chiqishi va sulfat kislotasining toʻkilishi natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf qilish va shikastlangan ishchilarni evakuatsiya qilish belgilab olindi.
Mas’ullar FV va yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda unga amal qilish toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtishdi va ishchi-xodimlarga shaxsiy xavfsizlik qoidalariga har qanday vaziyatda amal qilishlarini eslatib oʻtishdi.
Taktik-oʻquv mashgʻuloti qoniqarli baholandi.
Z.Ataxonov,
STTB Favqulodda vaziyatlar boʻyicha muhandis