Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Talabalar "Datamine Studio OP" bilan ishlash bo‘yicha o‘qitildi

26 Noyabr 2024, 8:59 1100

Joriy yilning 28-oktyabrdan 08-noyabriga qadar MTTU MISiS Olmaliq filialida "Konchilikda axborot texnologiyalari" fanidan "Datamine Studio OP" dasturiy ta'minotini qo‘llash bo‘yicha kirish kursi" bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar mazkur oliy ta'lim muassasasi va "Olmaliq KMK" AJ o‘rtasidagi kelishuvni amalga oshirish hamda 2024-2025 o‘quv yili oltinchi kursning "Konchilik" ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv yuklamasini bajarish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu kursda ochiq kon ishlari yo‘nalishi bo‘yicha oltinchi kurs talabalari hamda "Qalmoqir" kon boshqarmasining tegishli mutaxassislari ta'lim olishdi. Mashg‘ulotlarni bosh oliy o‘quv yurtidan xizmat safariga yuborilgan "Geologiya va konchilik" kafedrasi dosenti Ashot Akopyan olib bordi.

Ma'lumot uchun: "Datamine Studio OP" ochiq kon ishlarini loyihalash va rejalashtirish uchun zamonaviy dasturiy ta'minot bo‘lib, jahon darajasidagi tegishli dasturiy mahsulotlar orasida eng yaxshi kon-geologik axborot tizimlaridan biri hisoblanadi.

OKMK ochiq kon ishlarini loyihalash va rejalashtirishning asosiy vositalaridan biri sifatida ushbu dasturiy ta'minotni qo‘llashni boshlaganligini hisobga olgan holda, oltinchi bosqich talabalari uchun ushbu kursni tashkil etish dolzarbva muhim edi.

Shu bilan birga, mashg‘ulotlarda ishtirok etgan "Olmaliq KMK" AJ mutaxassislari ishlab chiqarish faoliyatida bevosita qo‘llanadigan ma'lum ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

O‘quv kursining yakuniy natijalariga ko‘ra, barcha 13 nafar oltinchi kurs talabalariga "Datamine Studio OP" dasturiy ta'minotining kirish kursi" bo‘yicha o‘qitilganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

Timur Saliyev,

OKMK konchilik va geologiya ishlarining istiqbolli yo‘nalishlari loyihalarini amalga oshirish xizmati boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech