• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tadqiqot markazlari juda ham zarur

13 Iyun 2023, 10:46 2600

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisining Raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosari Abdulla Azizov va mutaxassislarning bir necha kun avval Xitoy Xalq Respublikasi safari davomida  Huawei kompaniyasining taklifiga asosan, kompaniyaning zamonaviy ishlanmalari, togʻ-kon sanoatida raqamli texnologiya va yangi yechimlari bilan tanishildi.

Kombinat mutaxassislari kompaniya bosh ofisi, ishlab chiqarish zavodi va tadqiqotlar markazi, hamkor kompaniyasiga tashrif davomida togʻ-kon ishlarini raqamlashtirish, texnologik jarayonlarni rejalashtirish va nazorat qilish imkonini beruvchi dispetcherlik xizmatini tashkil etish, sun’iy intellektdan foydalangan holda ochiq konlarda yuk tashish ishlarini avtonomlashtirish, yer osti konlarida simsiz ma’lumotlar uzatish, video-analitika, optik tolali kabel orqali nazorat va boshqa yechimlar bilan tanishishdi.

Kompaniyaning togʻ-kon sanoati yoʻnalishi boʻyicha kompaniya vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalari boʻyicha kelishib olindi.

Kompaniya faoliyati bilan tanishuv jarayonida e’tiborimizni tortgan eng muhim jihati, hozirda kompaniyada tadqiqot va ishlanmalar (R&D) yoʻnalishida 110 000 nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritayotganligi boʻlib, yiliga umumiy tushumning 25.1% ya’ni 23.16 mlrd$ R&D ga yoʻnaltirilar ekan, deydi – Abdulla Azizov. - Bu nima degani? Koʻchiradigan davr oʻtdi, eng rivojlangan kompaniyalarga yetib oldik, endi birinchilik tomon harakat degani. Shunday tadqiqot markazlari bizda ham boʻlishi zarur. Qoʻrqmasdan Xitoy tajribasini olishimiz kerak. Hozir yangilik yaratish ortidan yugurmay, mavjud yangilikni tadbiq etish, bir qancha pogʻonalarni sakrab oʻtish, infrastruktura shakllanib oyoqqa turgandan keyin kuchni yangilik yaratishga tashlash kerak.

Bo`lishmoq:
Text to speech