"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 11-dekabr kuni “Olmaliq KMK” AJ O‘quv markazining kadrlar tayyorlash bo‘limi mutaxassislari Markaziy Osiyoda Germaniya iqtisodiyoti vakolatxonasi huzuridagi “Kasbiy ta’lim” ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etishdi.
Tadbirda GIC Uzbekistan, AHK Zentralasien bosh direktori Malika Akramova, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishi rahbari Morits Yunginger, “Kasbiy ta’lim” Ishchi guruhi raisi, GP Günter Papenburg AG Boshqaruv a’zosi Angela Papenburg, shuningdek “Olmaliq KMK” AJ o‘quv markazi mutaxassislari va boshqa mas’ullar ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Mamlakatimizda kasbiy ta’lim tizimi va uni takomillashtirish istiqbollari haqidagi ma’ruza bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti rahbari Shihnazar Sharofiddinov so‘zga chiqdi.
Tadbirda OKMK pilot loyihasi haqida yig’ilganlarga Kombinat o‘quv markazi boshlig‘i Doniyor Karimov, Olmaliq kon-metallurgiya texnikumi direktori Mansur Sattarov, o‘quv markazining kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi oliy ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi muhandisi Ulug‘bek Igamberdiyev hamda “Skills Experts Programm” loyihasi rahbari Yuliya Beskorskayalar ma’lumot berishdi.
Tadbir doirasida OKMK, GIC Uzbekistan va Olmaliq kon-metallurgiya texnikumi o‘rtasida Germaniya ta’lim standartlariga moslashtirilgan, dual ta’lim elementlari asosida o‘rta professional ta’lim dasturini ishlab chiqish, joriy etish, amalga oshirish va baholash bo‘yicha sinov loyiha doirasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi. Dastur “Metallga ishlov berish texnologiyasi” va “Metallga ishlov berish bo‘yicha mutaxassislar” tayyorlash yo’nalishlarini qamrab oladi. Unga ko’ra nazariy bilim ta’lim muassasasida, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar OKMKning muhandislik maktabida, amaliyot esa kombinatning tarkibiy bo‘linmalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir yakunida GIC Uzbekistan, AHK Zentralasien bosh direktori Malika Akramova ishtirokchilarga “O‘zbekistondan stajyorlar” loyihasining onlayn kurslari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tdi.
Axborot xizmati