• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ta'mirlangan elektrofiltrlar sulfat kislotasini ishlab chiqarishda yuqori unumdorlikni ta'minlaydi

16 Avgust 2024, 9:12 409

Prezidentimizning 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3954-sonli qarori asosida “Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish quvvatini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturiga ko‘ra kombinat tarkibiy bo‘linmalarida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, ushbu dasturga binoan Rux zavodining Sulfat kislotasi sexidagi mavjud elektrofiltrlar kapital ta'mirlandi.

Xususan, 2018-2020 yillar oralig‘ida sexdagi mavjud PMKS-10, ShMK-168 rusumli 5 dona elektrofiltrlar mukammal ta'mirlandi.

Bundan tashqari, 2019-2020 yillar davomida sexdagi TPR-063Ti 6 dona muzlatgichlar yangilandi. Kontaktlash apparati 3 to‘liq kapital ta'mirdan chiqarilib, sulfat kislotasini ishlab chiqarish unumdorligi oshirildi

2019-2020 yillar mobaynida esa 9 dona AX-125 rusumli yangi nasoslar o‘rnatildi. Bunda sulfat kislotasini sifatining samaradorligi yanada yaxshilandi. SK-6-sonli sexini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sexda amalga oshirilgan barqarorlashtirish ishlari natijasida yildan yilga mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib borilmoqda. Masalan, 2017-yilda sexda 94 000 ming tonna mahsulot olingan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 111 111 tonnani tashkil etgan. Yana bir muhim jihati atrof-muhitga va atmosferaga tashlanadigan chiqindi gazlarning miqdorini keskin kamaytirilishiga erishilgan. Shuningdek, hududda yashil makon maydonlari yaratilib, Rux zavodi ko‘rkiga o‘zgacha chiroy bag‘ishlamoqda. Bunda sulfat kislotasi sexi ishchi xodimlarining zalvorli mehnati bor. Misol uchun 2018-2019 yillar mobaynida 10295 tonna oltingugurt gazlari atmosferaga tashlangan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 5318 tonani, 2023-yilda 3781 tonani tashkil etgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech