• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Taniqli nemis olimi OKMKga tashrif buyurdi

21 Aprel 2022, 8:56 1358

19-20 aprel kunlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga taniqli olim, konchi, Germaniyaning Frayberg Texnika universitetining Konchilik ishi va shaxta qurilishi instituti direktori, Saksoniya fanlari akademiyasi va boshqa xalqaro ilmiy akademiyalar professori Karsten Drebenshtedt tashrif buyurdi.

Taniqli olim tashrifning birinchi kuni kombinat korxonalarida bo‘lib, bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlar, Mis boyitish fabrikasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni hamda yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish jarayonini kuzatdi.

Kombinat texnologik zanjirining so‘nggi nuqtalari bo‘lgan Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodida ham bo‘lgan nemis olimi mis katodini olish jarayoni bilan tanishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida professor Karsten Drebenshtedt MTTU MISiS Olmaliq filialiga hamda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga ham bordi.

Har oliygoh filialaridagi o‘quv jarayoni, ilmiy yo‘nalishlari bilan tanishgan mehmon o‘z taasurotlarini bildirib o‘tdi. Ayniqsa, MTTU MISiS Olmaliq filialida talabalarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar hamda ularda olib borilayotgan burg‘ulash, metallurgiya, materialshunoslik va texnogen chiqindilarni qayta ishlash sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari germaniyalik mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi. Filialda olib borilayotgan ishlarni professor yuqori baholadi.

Shuningdek, tashrifning ikkinchi kunida professor K. Drebenshtedt va OKMK rahbariyati, O‘quv markazi, har ikki oliygoh filiallari direktorlari hamda professor o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv ham tashkil etildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda kelgusida yo‘lga qo‘yiladigan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech