• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Tarkibiy bo‘linmalardagi kafedralar ko‘nikmalarni shakllantirishda yordam beradi

30 Yanvar 2025, 12:41 1061

Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan muhandslik sohalarida kadrlarni tayyorlash va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash hamda dual ta'lim tizimini amaliyotga tadbiq etish borasida bir qator samarali ishlar bajarilayapti.

Mazkur yo‘nalishda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Hamkorlik aloqalari doirasida kuni kecha 2-Mis boyitish fabrikasi va Qalmoqqir kon boshqarmasida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Konchilik ishi fakulьteti Konchilik ishi va Konchilik elektromexanikasi kafedrasining filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Kafedra filiallarining tantanali ochilish marosimida O‘quv markazi va oliygoh mas'ullari ishtirok etishib, kafedralarda ta'lim jarayoni o‘zaro hamkorlikda olib borish bo‘yicha istiqbollil rejalarni kelishib olishdi.

Mazkur kafedra filiallarida o‘qishlar tashkil etilib, oliygoh o‘qituvchilari tarkibiy bo‘linmalar mutaxassislariga darslar o‘tishadi.

Ushbu qo‘shma loyiha talabalarga ishlab chiqarish jarayoniga yaqin bo‘lish orqali, tajriba orttirishga hamda tanlangan kasbiga mos ravishda faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi.

Ma'lumot uchun: oliygoh va kombinat hamkorligi davom ettirilib, kelgusida Rux zavodi va Mis eritish zavodida metallurgiya yo‘nalishi, Markaziy analitik laboratoriyasida kimyo yo‘nalishi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida mexanika yo‘nalishi, Elektr tarmoqlari boshqarmasida energetika yo‘nalishi bo‘yicha kafedralarning filialari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Ulug‘bek Igamberdiyev,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu