• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tarmoqlararo sanoat yarmarkasida 400 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi

22 Dekabr 2023, 13:59 727

Xabaringiz bor, joriy yilning 12-15 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova, vazirlik hamda Toshkent shahar hokimligi mas'ul xodimlari, sanoat va moliya kompaniyalari rahbarlari, tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yarmarkada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi.

OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xoldaraliyevning ma'lum qilishicha, joriy yilning o‘zida OKMKda mahsulot turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 147 ta loyiha ishlab chiqilgan bo‘lsa, joriy yilda 58 ta loyiha ishga tushirildi. Yil oxirigacha kombinat uchun qiymati 420 milliard so‘mlik yangi mahsulot ishlab chiqariladi. Kelgusi yilda yana 65 ta loyihani boshlash rejalashtirilgan. Shunday qilib, 2024-yilda 1,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda, bu joriy yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘pdir.

Sanoat kooperatsiyasi dasturi doirasida joriy yilda kombinat mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 1,3 trln so‘mlik xaridlarni amalga oshirdi. Kelgusi yilda buyurtmalar hajmi 6 trln so‘mdan oshishi kutilmoqda. Bu esa joriy yilga nisbatan 4,5 baravar ko‘p.

Bugungi kunda OKMKda “Yoshlik 1- konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi faol amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida 3-sonli mis boyitish fabrikasi va mis eritish majmuasini qurish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, mahalliy yetkazib beruvchilardan har xil turdagi mahsulotlarni sotib olish hajmi o‘sib bormoqda va o‘sishda davom etadi. Yarmarka doirasida “Olmaliq KMK” AJ mahalliy ishlab chiqaruvchilardan umumiy qiymati 400 milliard so‘mlik mahsulot sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzdi.

- Sanoat kooperatsiyasi yarmarkasida OKMK har tomonlaman foydali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Masalan, OKMK va vagonlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan Andijon mexanika zavodi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. “Nurafshon maxsus texnika” kompaniyasi tomonidan esa yuk ko‘tarish quvvati 220 tonnagacha bo‘lgan beshta samosval yig‘ilmoqda. Hozir biz bu og‘ir transport vositalarini import qilamiz qilamiz, ular bizda ishlab chiqarilmaydi. So‘nggi yillarda biz “Yoshlik-1” koni uchun yuk ko‘tarish quvvati 220 tonnagacha bo‘lgan zamonaviy samosvallarni sotib oldik. Bunday mashinalardan har biri oltita vagonda tashilgan. Ushbu texnika vositalarining deyarli barcha ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari ham import qilinadi. Kelgusi yillarda ushbu samosvalning ehtiyot qismlari va butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni 40 foizga mahalliylashtirish juda dolzarb vazifa, -deydi D. Xoldaraliyev.

-Bugungi kunda OKMK xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda bir nechta loyihalarni amalga oshirmoqda. Masalan, Germaniyaning Falk Porsche kompaniyasi O‘zbekistonda polimer va geokompozit materiallardan futerovkalar, geopanjara va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda kombinatga 33 milliard so‘mlik mahsulot yetkazib berdi. Shuningdek, u bu yerda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mis mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.

Kelgusi yilda yana bir nemis kompaniyasi Mis eritish zavodi uchun polimer beton vannalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Ular katodli mis ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladi. Bu juda katta hajmli mahsulot bo‘lib, ushbu mahsulotdan 1500 dona ishlab chiqarish kerak bo‘ladi. Ularni Yevropadan olib kelish juda qimmat, ammo mamlakatimizda ularni ishlab chiqarish uchun hamma narsa bor. Bundan tashqari, yana bir nemis kompaniyasi bilan biz kimyo va neft-gaz sanoati uchun kislotaga chidamli quvurlar va gaz o‘tkazuvchi quvurlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqdamiz. Ilgari ular mamlakatimizda ishlab chiqarilmagan. Kelgusi yilda boshlanishi rejalashtirilgan loyihaning qiymati 10 mln dollarni tashkil etadi.

Menzel kompaniyasi va OKMK hamkorligida elektrodvigatellar va ularni servis xizmatini ko‘rsatuvchi markaz tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Raqamlar bu qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. Har yili kombinat xorijdan 800 ga yaqin dvigatel sotib oladi va 5000 ga yaqin dvigatelni ta'mirlaydi. Umuman, respublika korxonalari bunday mahsulotlarni 100 mln dollardan ortiq mablag‘ga import qilmoqda. Shuning uchun yangi ishlab chiqarish nafaqat OKMK uchun juda zarur va istiqbolli yo‘nalishdir.

Yaqin kelajakda Xitoy kompaniyasi vakillarining kombinatga tashrifi kutilmoqda. Ular qo‘shma korxona tashkil etish va bu yerda “BelAZ”, “Terex” va “Komatsu” kabi yirik kompaniyalarning lisenziyasi asosida samosvallar uchun ehtiyot qismlar va boshqa maxsus uskunalar ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda. Ushbu ehtiyot qismlar xorijdan import qilinadi. Loyiha 250ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi va yiliga 40 mln dollarlik mahsulot ishlab chiqaradi. Yangi ishlab chiqarish quvvati nafaqat “Olmaliq KMK” AJ ehtiyojlarini, balki shunga o‘xshash yirik hajmli kon uskunalaridan foydalanadigan boshqa korxonalarni ham qamrab olishi rejalashtirilgan.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, OKMK rivojlanayotgan korxonalarga yo‘l ochadi va ulani qo‘llab-quvvatlaydi. "Shatakka olish" dasturiga ko‘ra, bu yil o‘z ishini boshlagan Olmaliq quyuuv mexanika zavodi tashkil etildi. Hozir u OKMK kon uskunalari uchun uch turdagi ehtiyot qismlarni ishlab chiqaradi. Bular ekskavator gusenisalari uchun bog‘lamlar, ekskavator kovshlari uchun tishlar, podshipniklar. Kombinat ko‘magida 25 mln dollarlik loyiha asosida ishga tushirilgan yangi korxonaning to‘liq quvvat bilan ishlashasi natijasida smenada 50 tonna ehtiyot qismlar tayyorlanadi. Bu ham yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqish, ham o‘zlashtirilgan mahsulotlarni boshqa iste'molchilarga yetkazib berish orqali buyurtma portfelini kengaytirish bo‘ladi. Yangi ishlab chiqarish korxonasining ishga tushirilishi 250 kishini ish bilan ta'minlashga imkon berdi. Va bu ham juda muhim jihat.

Mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etishga yordam berish orqali OKMK nafaqat o‘ziga, balki yosh korxonalarga, aholiga va davlatga ham yordam beradi.

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida umumiy maydoni 15 000 kv.m.ni tashkil etgan ekspozitsiyalarda jami 4 627 ta tadbirkorlik sub'yektlari ishtirok etib, shulardan 763 ta ishlab chiqarish korxonasi o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilgan 6 181 turdagi mahsulotlar bilan qatnashdi. Yarmarka davomida yangi loyihalar doirasida “mahalliy kontent” ulushini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Yarmarka yakunlari bo‘yicha qiymati ishlab chiqarish sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha 5,8 trln so‘mlik (2022-yilga nisbatan 1,8 barobar o‘sish) 2 486 ta shartnomalar tuzildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech