• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

TBEA Company Limited kompaniyasi vakillari OKMKda

30 Oktyabr 2023, 8:41 989

Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati dunyoning ko‘plab yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.

Jumladan, Xitoy davlatining ko‘plab kompaniyalari ham kombinat bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirishayapti. Joriy yilning 29-oktyabr kuni Xitoyning TBEA Company Limited kompaniyasi boshqaruv raisi Chjan Xin boshchiligidagi delegatsiya OKMKga tashrif buyurdi.

Chin yurtining vakillari hamda OKMK rahbariyati o‘rtasidagi uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

Shuningdek, mehmonlar Qalmoqqir koni, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Elektr tarmoqlari boshqarmasining energota'mir sexi hamda Mis eritish zavodidagi texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi. Bundan tashqari, mehmonlar yangi barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasining qurilish jarayonini ham ko‘zdan kechirishdi.

Ma'lumot uchun: TBEA Company Limited kompaniyasi 1993-yilda tashkil topgan bo‘lib, u Chanszi shahrida joylashgan.

Kompaniya transformatorlar, avtomatlashtirish terminallari tarqatish tarmoqlari, simlar, kabellar, zaryadlovchilar, quvvatni boshqarish tizimlari, invertorlar va quyosh elektr stansiyalari uchun uskunalar, kremniy chiplari, polisilikon, alyuminiy folga va profillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Kompaniya shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshiradi, ko‘mir va oltin qazib oladi, issiqlik elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Kompaniya tarkibiga o‘ta yuqori kuchlanish transformatorlari bo‘yicha muhandislik va texnologiya tadqiqot markazi kiradi.

2022-yilda kompaniyai 12,5 mlrd dollarlik mahsulot ishlab chiqarib, 1,9 mlrd dollar sof foyda ko‘rgan.

Muzokaralar davomida kompaniya boshqaruv raisi Chjan Xin tomonidan mis xomashyo mahsulotlarini yetkazib berish, misdan yangi turdagi kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni eksport qilishga tayyor ekanliklari bildirildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech