"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekistonning mis sanoatida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan 3-Mis boyitish fabrikasi mamlakatda strategik ahamiyatga ega yirik sanoat majmualaridan biri sifatida o‘z nufuzini izchil oshirib bormoqda. Fabrikada amalga oshirilgan montaj va ishga tushirish ishlari, ayniqsa konsentratni tayyorlash va tashish jarayonlarida yuqori samaradorlik va ishonchlilikni ta’minlab, kombinatning umumiy ishlab chiqarish quvvatlarini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda.
Fabrikada 5 ta Larox press-filtrlarining to‘liq montaj qilinishi va ishga tushirilishi mis-molibden konsentratini xalqaro darajadagi standartlarga muvofiq tayyorlash imkonini yaratdi. Press-filtrlar konsentrat namligini 8–10 % oralig‘ida ushlab turish bilan birga, mahsulotni tashish va saqlash jarayonlarini samarali optimallashtirdi.
Bundan tashqari, diametri 28 metrli ikki donali quyuqlashtirgichlarning ishga tushirilishi konsentratni quyultirish va keyingi filtrlash bosqichlarining barqaror va yuqori sifatda amalga oshirilishini ta’minlashda muhim texnologik uzel sifatida xizmat qilmoqda.
3-Mis boyitish fabrikasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi korxonalar orasida ishlab chiqarish hajmi va mahsulot sifati bilan alohida ajralib turadi. 2025-yilning III choragidan boshlab fabrikada umumiy texnologik zanjir bo‘ylab bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari amalga oshirildi va bugungi kunda korxonaning asosiy texnologik uzellari barqaror ish rejimini namoyon etmoqda.
Quyuqlashtirilgan va filtrlangan mis-molibden konsentrati fabrika hududida joylashgan maxsus omborlarda saqlanadi. Tayyor mahsulotning muhim strategik yo‘nalishlaridan biri — uni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasiga tegishli dumpkarlar orqali Mis eritish zavodiga uzluksiz yetkazib berishdir. Ayni kunlarda temir yo‘l transporti katta hajmdagi konsentratni xavfsiz, tejamkor va barqaror yetkazish imkonini bergani sababli, asosiy logistik yo‘nalish sifatida tanlangan. Konsentrat omborlardan dumpkarlarga yuklanib, belgilangan jadval asosida Mis eritish zavodiga jo‘natiladi va mis ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Fabrikada ma’dandan yuqori sifatli konsentrat ajratib olish, uni filtrlash, loyihada belgilangan namlikda tayyorlash va tashishgacha bo‘lgan barcha texnologik bosqichlar avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va zamonaviy uskunalar orqali yuqori samaradorlik bilan amalga oshirilmoqda.
3-Mis boyitish fabrikasi bugungi kunda O‘zbekiston sanoatida strategik ahamiyatga ega, yuqori quvvatli, texnologik imkoniyatlari keng va mahsulot sifati yuqori bo‘lgan yetakchi fabrikalaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Axborot xizmati