• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Texnogen chiqindidan yangi mahsulot olinmoqda

01 Mart 2023, 8:9 1512

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida texnogen chiqindilardan qayta ishlab mahsulot olish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bu borada nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida salmoqli ishlar bajarilayapti.

“Olmaliq KMK” AJning “Nodir metallar va kattiq qotishmalar ishlab chiqarish” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasinini rivojlantirish dasturiga asosan mahsulot ishlab chiqarish 2022-2026 yillar davomida 5 146,5 mlrd so‘mgacha oshishi ko‘zda tutilgan.

Korxona texnogen chiqindilaridan yangi bir mahsulot olinishi yo‘lga qo‘yilgani mazkur yo‘nalishda ishlar maqsadi yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi. Xususan, yillar davomida to‘planib yotgan texnogen chiqindilardan 2022 yilning oxirida ferromolibden ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun birlashmaning gidrometallurgiya sexida ferromolibden ishlab chiqarish uchastkasi tashkil etilib, hozirgi kunda oyiga 2 tonna ushbu mahsulot olinmoqda.

Texnogen chiqindilarni qayta ishlab, qo‘shimcha foyda olish maqsadida amalga oshirilgan loyiha natijasida 12 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi.

Ferromolibden – bu temir va molibdenning qotishmasi hisoblanadi. Undan po‘lat, cho‘yan va qotishmalarni legirlashda foydalaniladi. Ferromolibden kukunli metallurgiya usulida olinib, unning tarkibida 58%-75% molibden bo‘ladi.

 Ferromolibden mahsulotning yakuniy tarkibiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Uning yordamida elementlar va uskunalardan hatto yuqori haroratda ham foydalaniladi. Ferromolibdenning po‘lat qotishmalarni legirlashda toza molibden o‘rniga qo‘llanishi yangi mahsulotning afzallik va iqtisodiy ahamiyatini yana ham oshiradi.  Mahsulotlarning yakuniy bardoshlilik xususiyatlarinini e'tiborga oladigan bo‘lsak yangi mahsulot korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori haroratlarga bardoshliligini oshirish bilan ham e'tiborga molik.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech