Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Texnologik transport boshqarmasi mehnat jamoasida quvonchli xabar oldik. Boshqarmaning 4-transport sexi yillik prognozni muddatidan avval bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
2021 yil tashkil etilgan ushbu sex mehnat jamoasining asosiy vazifasi kombinat tarkibiy bo‘linmalarida har xil turdagi yuklarni tashishni amalga oshiradi.
2023 yilga ushbu sex oldiga 2 707,2 ming metr kub yoki 6 326 000 tonna yuklarni tashish prognozi belgilangan edi.
Amalda esa prognoz 119,9%ga muddatidan avval bajarilib, 3 246,4 ming metr kub yoki 7 813,5 ming tonna yuk o‘z manziliga yetkazilgan.
Hozirgi kunda sex tarkibida 61ta transport vositalari bo‘lib, ularning 48tasi yuk ko‘tarish quvvati 30 tonna bo‘lgan BelAZ 7540 avtosamosvallari, 13tasi esa xo‘jalik ishlarini bajarishda foydalaniladigan avtotransport texnikalaridir.
Axborot xizmati