Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 9-yanvar kuni Texnologik transport boshqarmasi mehnat jamoasining 2024+yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yilda bajariladigan vazifalar yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda OKMK Transport va logistika departamenti direktori Rustam Sanaqulov, TTB rahbariyati va bo‘linmalar mas'ullari ishtirok etishdi.
TTB boshlig‘i v.b. Bahrom Niyazmetov 2024-yilda mehnat jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berib o‘tdi. Unga ko‘ra, mehnat jamoasi tomonidan 2024-yilda 54645,6 ming m kub tog‘ jinsi tashilgan. 5 dona BelAZ rusumli avtosamosvallar ta'mirlandi, 1 donasi esa hozirda ta'mirlanmoqda.
3 dona turli rusumdagi ekskavatorlar ham sozlangan. Ishlab chiqarish tannarxini tushirish maqsadida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida BelAZ-75131 avtogigantlarining blok va kolenvallari tiklanmoqda. Shuningdek, pudratchi tashkilotlar bilan ham blok va kolenvallarini tiklash bo‘yicha shartnomalar imzolanib, 8 dona blok va 1 dona kolenval olindi.
Yirik gabaritli shinalarni ta'mirlash uchun sexning tayyorlash ishlari davom etmoqda. Ayni paytda 3 ta stenddan 1 tasi ishga tushirildi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish tannarxini tushirish va xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 1737,6 mlrd so‘m mablag‘ tejaldi. 1662,3 tonna yonilg‘i, 109086,0 kVt elektr energiyasi iqtisodiga erishildi.
Tadbirda so‘z olgan Rustam Sanaqulov 2024-yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan barcha mas'ullar o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib, 2025-yil uchun belgilangan vazifalarni og‘ishlarsiz bajarishi lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, har bir mas'ul o‘zlariga yuklatilgan vazifaga vijdonan yondashsa, texnologik transport vositalarini maqsadsiz turish qolishini oldini olsa, ta'mir ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilsa ko‘zlangan natijalarga erishilishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda boshqarma bosh muhandisi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, mehnatga haq to‘lash bo‘limi, ekspluatasiya bo‘limi hamda sex rahbarlari ham o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berishdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yana bir bor mas'ullar o‘z ishiga jiddiy yondashishlari lozimligi ta'kidlandi.
Bahriddin Usvaliyev,
TTB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi