• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Tez boyish”, “Oson pul ishlash” – hammasi xomxayol

19 Iyun 2025, 10:5 392

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy boʻlinmlarida muntazam ravishda "Jinoyatchilikni oldini olish" va "Diniy ekstremizmga qarshi kurashish, yoshlarni turli yot gʻoyalardan yoshlarni asrash" mavzularida profilaktik tadbirlar va maʻnaviyat soatlari oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, mana shunady tadbirlar Rux zavodi, Mis boyitish fabrikasi, Sanoat temir yoʻl transporti boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi, Mis eritish zavodi, 3-Mis boyitish fabrikasi, Avtomobil transporti boshqarmasi kabi tarkibiy boʻlinmalarda tashkil etildi.

Tadbirlarda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi OKMKdagi IIB masʻullari, Oʻzbekiston Din ishlari qoʻmitasi Olmaliq shahar vakili, shahar hokimi maslahatchisi J.Pardayev, Olmaliq shahar "Hilol jome" masjidi bosh imom yordamchisi Saydmuhammad Maidinxonov, Oʻzbekiston Respublikasi TIA "Milliybank" Olmaliq shahar boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi.

Masʻullar jamiyatimizda yoshlar orasida uchrayotgan eng dolzarb muammolar, xususan, qimor o‘yinlariga, ayniqsa, onlayn totalizatorlar va noqonuniy kredit tizimlariga qaramlikning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritishdi.

Shuningdek,  xorijiy totalizator platformalari sportga qiziqadigan yoshlarni “tez boyish”, “oson pul ishlash” va “bir kunda boyib ketish” kabi xomxayollar bilan chalg‘itayotganligi ishchi-xodimlarga tushuntirildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaruvchi holatlar, bunday vaziyatlarda xodimning huquqlari va majburiyatlari, oldini olish choralari va javobgarlik turlari, qonuniy mehnat va halol daromadning muhimligi ham alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, mobil telefon orqali turli yot gʻoyalarni targʻib etuvchi vayronkor kanallarga kirmaslik, yoshlarimizni ulardan asash yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi.

Tadbirlarda, yashil energetika, quyosh panellarini xonadonlarga o‘rnatishning foydalari, mavjud imtiyozlar va subsidiyalar haqida ma’lumotlar berildi.

Davra suhbatlari jonli muloqot tarzida oʻtkazilib, ishtirokchilarni qiziqtiruvchi savollar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Bo`lishmoq:
Text to speech