"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 17-oktyabr kuni Rux zavodida kasaba uyushmasi qoʻmitasi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha komissiyasi tomonidan 21-oktyabr - Oʻzbek tiliga “Davlat tili”maqomi berilganligining 36 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi kutubxonasi kutubxonachilari ishtirok etishdi.
Kutubxona xodimlari tomonidan oʻzbek tilining tarixi, bugungi kunda jamiyatda tutgan oʻrni haqidagi ma’lumotlar ishchi-xodimlarga manzur boʻldi.
Tadbirda davomida insholar tanlovida qatnashgan insho mualliflari oʻzlari yozgan insholarini tadbir ishtirokchilariga oʻqib eshittirishdi.
Eng yaxshi 3 ta insho mualliflari Xumora Nishonova, Nargiza Jumabayeva Eldor Abduraimovlar g’olib deb topildi.
G’oliblarga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg’alar taqdim etildi.
Bu kabi tadbir Ist’emol mollari ishlab chiqarish boshqarmasida ham kasaba uyushmasi, xotin qizlar va gender tenglik boʻyicha maslahat kengashi hamda yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda ma’sullar ona tilimizning jamiyatdagi ahamiyati, uni asrab-avaylash zarurati haqida samimiy fikrlarini bildirdilar. Bayram munosabati bilan ishchi-xodimlar oʻrtasida tilga oid savol-javoblar viktorinasi boʻlib oʻtdi, savollarga toʻgʻri javob bergan tadbir qatnashchilari kasaba yushmasi tomonidan taqdirlanishdi.
Axborot xizmati