"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusi bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi, shunindek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar targ‘iboti bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari joriy yilning 21-yanvar kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi, Markaziy analitik laboratoriyasi, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi kabi korxonalarda tashkil etildi.
Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Yahyo Fayoz, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, noshir, publitsist, "Hurriyat" gazetasi bosh muharriri Abdurasul Jumaqulov, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Lobar Jalilova hamda O‘zbekiston Qahramoni Saydali Rahmonov va Olmaliq Texnika instituti o‘qituvchilari, yosh olimlar Sardor Doniyev, Bobur Jo‘rayevlar ishtirok etishdi.
Targ‘ibot tadbirlarida so‘z olganlar davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi — bu xalq farovonligi va yurt tinchligini ta’minlashga qaratilgan strategik dastur ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar negizida — yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, Qurolli Kuchlarning mudofaa salohiyatini zamon talablari asosida mustahkamlash hamda mahalla institutini jamiyatning tayanch ustuniga aylantirish orqali kuchli demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etish maqsadi mujassam ekanligi qayd etib o‘tildi.
Tadbir davomida mehmonlar tinchlik — barqaror taraqqiyotimizning bosh garovi bo‘lib, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini raqamlashtirish va zamonaviylashtirish orqali osoyishta hayotimizni ishonchli himoya qilishga qaratilganini ta’kidlashdi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu strategik maqsadlar har bir yurtdoshimizdan yuksak hushyorlik, mas’uliyat va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashni talab etmoqda.
Bugungi murakkab globallashuv davrida tinchlik nafaqat sarhadlarimizni himoya qilish, balki aholi ongi va qalbini turli yot g‘oyalar hamda axborot xurujlaridan asrash bilan bevosita bog‘liqdir. Tadbir davomida tinchlikning qadriga yetish, axborot xurujlariga munosib qarshi turish haqida ham so‘z bordi.
Mehmonlar ishchi-xodimlarga o‘z ijod namunalarini ham havola etishdi.
OKMK mehnat jamoasi ushbu vazifalarning mazmun-mohiyatini teran anglagan holda, o‘zlarining fidokorona mehnati va vatanparvarligi bilan jonajon O‘zbekistonimizning iqtisodiy qudrati va xavfsizligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Targ‘ibot tadbirlari ertaga ham davom ettiriladi.
Axborot xizmati