"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 14-avgust kuni “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda OKMK tarkibidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiya raislari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Tinchlik — ibodatimiz halovati, turmushimiz saodati”mavzusida ma’ruza tinglandi.
Shuningdek, tadbir davomida komissiyasning yarim yillik faoliyati yakunlari muhokama qilinib, hisoboti eshitildi.
Yig‘ilish doirasida “Metallurg” madaniyat saroyi kutubxonasi xodimlari tomonidan kitoblar taqdimoti ham tashkil etildi. Unda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma'rifiy dunyoqarashni boyitishga xizmat qiluvchi adabiyotlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
Yig‘ilish so‘nggida mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan korxona va tashkilotlarda o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiyalar faol ishtirok etishi, shuningdek, ishchi-xodimlar orasidagi iste’dodli va iqtidorli xodimlarni aniqlab, ularning bayram dasturlarida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Axborot xizmati