"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashining ma’naviyat va ma’rifat komissiyasi tashabbusi bilan Olmaliq shahridagi harbiy qismda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Tinchlik posbonlari — xalq iftixori!” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning Vatan himoyasi yo‘lidagi fidoiy xizmatini e’tirof etish, ularning kasbiy faoliyatidagi mas’uliyatini yana-da yuksaltirish, shuningdek, harbiy xizmatning jamiyat hayotidagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Vatan himoyasi, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, harbiy xizmatchilarning sharafli va mas’uliyatli mehnati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Shuningdek, tadbirda harbiy qism komandirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Hojiakbar Madaliyev so‘z olib, yurtimizda harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z nutqida bayram arafasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati homiyligida qurilib, foydalanishga topshirilgan yangi o‘quv binosini mazkur e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi ekanligini aytib o‘tdi.
Tadbir yakunida harbiy qism kutubxonasiga turli mavzudagi kitob va jurnallar sovg‘a qilindi.
Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatiga bo‘lgan mas’uliyatini yana-da oshirishga, ularning ma’naviy ruhini ko‘tarishga xizmat qildi.
Ulug‘bek Amanov,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashining
ma’naviyat va ma’rifat komissiyasi raisi