Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasiga muvofiq Angren kon boshqarmasining “Razvedochnaya” va “Qizil-olma” konlarida “Tog‘-kon dispetcheri” avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimini joriy etish va sanoat foydalanishga topshirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Tizimning asosiy maqsadlari kon ichidagi xodim va transport xavfsizligini ta'minlash, transport to‘qnashuvlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisa va jarohatlanishlarni oldini olish, ishlab chiqarish jarayonida xodim va texnikani ustidan dispetcher va muhandis-texnik xodim tomonidan operativ nazoratni amalga oshirish funksiyalaridan iborat.
Kuni kecha OKMK boshqaruv raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari v.b. A.Nadirov, Axborot texnologiyalari departamenti va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi mas'ullari va mutaxassislari hamda kon rahbarlari ishtirokida “Razvedochnaya” va “Qizil olma” konlari xodimlari tomonidan tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha o‘rganish tashkil etildi.
O‘rganish davomida yer osti konlarida xodim va transport vositalari harakatini nazorat qilish, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan avtomatik ravishda o‘tkazish tizimi va kon xaritasida xodimlarni aniq joylashuvini radiometka va chiroqlar orqali monitoring qilish hamda tezkor aloqadan foydalanish jarayonlari tahlil qilindi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, tizimning joriy etilishi natijasida 2023-yilning ikkinchi yarimida konlarda mehnat unumdorligi 5 foizga oshdi. Qon bosimi yuqori bo‘lgan ishchi-xodimlar soni 10 foizdan 3 foizga kamaydi va 10 ta shtat birligini optimallashtirish imkoniyatlari yaratildi. Buning natijasida qo‘shimcha ravishda yiliga 2 mlrd so‘mdan ortiq iqtisodiy samaradorlikka erishildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, monitoringni yanada takomillashtirish va hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati