Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha OKMKga Tojikiston Respublikasining “Tojik nodir metallari” DUK vakillari tashrif buyurishdi.
Mazkur korxona bosh direktori Azimi Mirzoato Muydin, mazkur korxona tarkibiga kiruvchi Gidrometallurgiya zavodi direktori Salimboy Azimov, mashinasozlik zavodi direktori Abduhakim Karimov, “Xudjand-ZiL” AZ MChJ QK bosh muhandisi Mirzorahim Hakimovlardan iborat qo‘shni davlat delegasiyasi dastlab kombinat mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda kelgusida har ikki tomon o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi..
Shundan so‘ng, mehmonlar Markaziy ta'mirlash mexanika zavodiga borishdi.
MTMZ ishchi-xodimlarini jalb etgan holda "Tojik nodir metallari" DUK mashinasozlik zavodi xodimlarini o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va tajribalarini o‘rganishni tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Mis eritish va Rux zavodiga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu zavodlardagi texnologiyalar va ishlarni tashkil etilishi bilan tanishishdi. Shuningdek, texnogen chiqindilarni gidrometallurgiya zavodi quvvatlarida qayta ishlash imkoniyatlarini ham o‘rganib, ko‘rib chiqishdi.
“Tojik nodir metallari” DUK ayni paytda Tojikistonda qazib olinadigan oltin va kumushni affinajlaydi. Korxona ferrovanadiy va vanadiy-alyuminiy ligaturlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, ruda va konsentratlardan nodir va rangli metallarni ajratib olishda yangi texnologiyalar ishlab chiqara oladi. O‘zida bir qator korxonalarni jamlagan ushbu korxona tabiiy uran konsentrati, o‘ta toza vanadiy pentoksidi, titan oksidli katalitazor, marganes va vol'framli konsenratlar, oltin va kumush quymalari, nodir metallardan zargarlik buyumlari, kon va kimyo-texnologik uskunalari, turli elektron priborlar va uskunalari, toshlardan buyumlar, agrsanoat komleksi uchun uskunalari va “Tojikiston” avtobuslari ishlab chiqaradi.
Axborot xizmati