Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda kasaba uyushmalari kuni va kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlandi

07 Noyabr 2025, 14:4 284

Bugun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda 11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida soʻz olgan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov soha vakillarini qoʻshayyom bilan samimiy muborakbod etib, ishchi-xodimlarning manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining roli muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab oʻtdi. Shuningdek, bugungi kunda kombinat ishchi-xodimlarining ijtimoiy himoyasi yoʻlida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini, Jizzax viloyatining Zomin tumanida zamonaviy dam olish maskani qurilishi yakunlanganini, ushbu sihatgoh ham kombinat mehnat jamoasiga ajoyib tuhfa boʻlishini ma'lum qildi.

Tadbir davomida sana munosabati bilan 2 nafar soha vakili turli darajadagi “Konchilik shuhrati” koʻkrak nishoni bilan, 8 nafari Faxriy Yorliq bilan va 9 nafari qimmatbaho sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy boʻlinmalaridan kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotlarining faollariga ham qimmatbaho sovgʻalar ulashildi.

Shuningdek, sana munosabati bilan oʻtkazilgan “Eng yaxshi roliklar” tanlovi gʻoliblari ham ragʻbatlantirildi.

Tadbirda namoyish etilgan Kasaba uyushmasi Kengashi faoliyatini aks ettiruvchi sahna koʻrinishi olqishlarga sazovor boʻldi.

“Metallurg” madaniyat saroyi badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert guldastasi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

“Raduga” sirk jamoasining hamda jismoniy tarbiya va sport boʻlimining karate-do seksiyasi vakillarining koʻrgazmali chiqishlari bayram tadbirini yanada qiziqarli oʻtishini ta'minladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech