"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 3322-23 oktyabr kunlari V Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining tashabbusi bilan har yili o‘tkazib kelinayotgan “Aksilkorrupsiya haftaligi”ning markaziy voqeasidir.
Besh yildirki, mazkur Forum — global hamkorlikning yangi sifati, innovatsion yondashuvlar va amaliy yechimlar uchun ochiq muloqot platformasi bo‘lib kelmoqda.
Bu yilgi Forum “Muhokamalardan real o‘zgarishlarga” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), AQSH Davlat departamenti, IHTT, BMT GJB, YXHT, Konrad Adenauer Fondi hamda Qatar davlatining Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi kabi yirik xalqaro hamkorlar ko‘magida tashkil etildi.
Forumda xorijiy delegatsiyalar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining 250 nafarga yaqin vakili, jumladan, Sloveniya, Gruziya, Litva, Saudiya Arabistoni Qirolligi, BAA, Misr, Germaniya, Ozarbayjon kabi 20 dan ortiq davlatning aksilkorrupsiya organlari rahbarlari va vakillari, shuningdek, Transparency International, IHTT, OTB, YXHT va BMT tuzilmalarining yetakchi mutaxassislari, qator mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etmoqda.
Forumda yalpi majlis va “Sunʼiy intellekt — korrupsiyaga qarshi kurash vositasi sifatida”, “Komplayens nazoratining yangi bosqichi: davlat organlari va korxonalarda korrupsiyaning oldini olish”, “Korrupsiyaga qarshi taʼlim: samaradorlik va xabardorlikni oshirish strategiyalari” kabi muhokama sessiyalari ham tashkil etildi.
V Toshkent aksilkorrupsiya forumi oldidan bugun xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning antikorrupsiya idoralarining yetakchi mutaxassislari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, qator mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida maxsus sessiyalar ham oʻtkazildi.
Jumladan, maxsus sessiyalarda "Davlat xarajatlarini nazorat qilish va hisobdorlikni taʼminlash", “Korrupsiya va korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi taqdimoti hamda uni xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda amalga oshirish istiqbollari", "Ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi sifatida" ,"Hududiy darajada korrupsiyaning oldini olish: muammo va imkoniyatlar" kabi mavzular muhokama markazida boʼladi.
Shuningdek forum oldidan, 22-oktyabr kuni tashkil etilgan maxsus sessiyalarda “Halollik oroli” metodologiyasi, davlat xarajatlari monitoringi, axborot ochiqligi va korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Mazkur nufuzli forumda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati va mutaxassilari ham ishtirok etishmoqda.
An'anaga muvofiq, bu yilgi Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga faol hissa qo'shib kelayotganlar alohida e'tirof etildi.
Hususan, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ “Faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlashdagi sa’y-harakatlari uchun” nominatsiyasi bilan mukofotlandi.
OKMK Axborot xizmati