• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Trest va Mis kompleksida ma'naviy-ma'rifiy tadbir

28 Fevral 2024, 14:37 869

Joriy yilning 27 fevral kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 75 yilligi hamda atoqli shoira Zulfiya tavalludi va 8 mart - “Xalqaro xotin qizlar bayrami” munosabati bilan “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti va Mis kompleksida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Trest rahbariyati, yoshlar ittifoqi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda 20 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, barchamizga yaxshin tanish bo‘lgan “Nima uchun” ko‘rsatuvining ijodiy guruhi mehmon bo‘lishdi.

Mehmonlar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Ko‘rsatuv muallifi Zuhriddin To‘raxo‘jayev boshchiligidagi ijodkorlar trestning dilbar xotin-qizlari bilan ham uchrashishdi. Tadbir davomida san'atkorlar she'rlaru qo‘shiqlar ijro etib, ishchi-xodimlarning olqishlariga sazovor bo‘lishdi.

Shuningdek, uchrashuvda bahor shoirasi Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan uning ijodidan namunalar ijro etildi. Shahrimizdagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining “Zulfiyaxonim qizlari” to‘garagi a'zolari atoqli shoiraga atab o‘zlari yozgan she'rlarni kecha qatnashchilari e'tiboriga havola etishdi.

Ijodkorlarning navbatdagi manzili Mis kompleksi bo‘ldi. Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodida mehnat qilayotgan ayollar bilan samimiy ruhda kechgan tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Odinaxon G‘oziyeva tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Qiziqarli hangomalar esa barchaning yuzida kulgu uyg‘otdi. Mehmonlar yirik sanoat korxonasi bo‘lgan kombinat tarkibida faoliyat yuritayotgan ayollarning mehnatiga tasannolar aytishdi. Xalq orasida “Antiqa kuyov” taxallusini olgan Shukurillo So‘fiyev tomonidan ijro etilgan Bobur monologi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Ijodkorlar jamoasi Mis boyitish fabrikasi muzeyida ham bo‘lishib o‘zining 75 yillik tantanalariga hozirlik ko‘rayotgan OKMKda kechadigan texnologik zanjir bilan tanishishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari mehmonlarda bir olam taassurot qoldirgani shubhasiz.

Tadbir davomida san'atkorlar tomonidan “Rahbardan kitob” aksiyasi doirasida xotin-qizlarga va yoshlarga kitoblar ulashildi.

OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan mehmonlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Bu kabi tadbirlar kombinat tarkibiy bo‘linmalarida davom etadi. 

Jonibek Alijonov,

Trest Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech