"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimizda har yili 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana yurtimiz osoyishtaligi, tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan qutqaruvchilar, oʻt o‘chiruvchilar hamda fuqaro muhofazasini ta’minlash tizimida ishlayotgan barcha xodimlarga koʻrsatilayotgan yuksak ehtirom ifodasi hisoblanadi. Zero, ular tabiiy ofatlar va texnogen halokatlarda inson hayotini asrash, moddiy talofatlarning oldini olish yo‘lida doimo shay turuvchi mard va jasur kasb egalaridir.
Joylarda oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlari esa qutqaruv tuzilmalarining jangovar tayyorgarligini oshirish, ularning o‘zaro hamkorligi va tezkorligini mustahkamlashga qaratilgani bilan ham ulkan ahamiyatga ega.
Shu yoʻnalishda kuni kecha “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti Qurilish materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish boshqarmasining 1-sonli uchastkasida 51-Kasblashgan yong‘inga qarshi qism, Fuqaro muhofazasi otryadi hamda tegishli xizmatlar hamkorligida kompleks obyekt oʻquv-taktik mashgʻuloti tashkil etildi.
Mashgʻulot ssenariysiga koʻra, korxonada soat 09:45da 8 ball magnitudali yer qimirlashi sodir boʻldi.
Zilzila oqibatida metall qurilmalar ishlab chiqarish sexida ko‘prikli kranga ilingan temir tushib, bitta ishchi uning tagida qolib ketdi. Yana to‘rt nafar xodimlar naryad taqsimlash xonasida qurilmalar qulashi hamda metall eshikning deformatsiyaga uchrashi sababli ichkarida qolib ketishdi.
Kuchlanish ostidagi elektr taqsimlash qutisi va transformatorda qisqa tutashuv yuz berib, yong'in kelib chiqdi. Ushbu favqulodda xodisaning guvohi boʻlgan ishchilar tresti dispetcherlik xizmatiga shoshilinch xabar berishdi.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Fuqaro muhofazasi tuzilmasi tomonidan bino ichidagi jabrlangan xodimlar xavfsiz hududga olib chiqildi. Malakali tibbiyot vakillari ularga birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatishdi.
51-Kasblashgan Yongʻinga qarshi qism mutaxassislari olov oʻchogʻini bartaraf etdilar. Mashg'ulot yakunida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, barcha tuzilmalarning harakatlari “qoniqarli” deya baholandi.
Axborot xizmati