• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Umumxalq xayriya hasharida OKMK mehnat jamoasi faol qatnashdi

24 Avgust 2024, 17:39 1176

Ma'lumki, mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi ayyomiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 24-25 avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Mahalla obod - yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan.

Bugun erta tongdanoq Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalari umumxalq hasharini uyushqoqlikda boshlab yuborishdi.

Jumladan, kombinat mehnat jamoasi tomonidan 121 gektar hudud obodonlashtirilib, 184,3 tonna chiqindi olib chiqildi. 6360 pogonometr ariq va zovurlar tozalanib, 8273 tup daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. 4 ta qabristonda ham obodonlashtirish ishlari olib borilib, tartibga keltirildi. 95 ta ko‘chalar tozalanib, 29 ta bolalar maydonchalari ta'mirlandi va tartibga keltirildi. Hashar ishlariga jami bo‘lib 72 ta texnika vositalari safarbar etildi.

Xalqimizning qadriyatiga aylanib ulgurgan hasharda ezgu va xayrli ishlarni amalga oshirish ham an'anaga aylangan. Xususan, bugun kombinat mehnat jamoasi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga beminnat muruvvat yordamlari ko‘rsatildi. 25 ta xonadonning tomorqa yerlari chopib berildi. 49 ta ehtiyojmand oilalarga, 7 nafar nogironligi bor shaxslar va yolg‘iz qariyalarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Hashar ishlari ertaga ham davom ettiriladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech