"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari Toshkentda, "O'zekspomarkaz" MKK Kongress-xoll zalida "MiningMetals Uzbekistan 2025" 19-xalqaro ko'rgazmasi doirasida 7-xalqaro kon-metallurgiya forumi – UIMF-2025 bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O'zbekiston metallurgiya assotsiatsiyasi ko'magida o'tkazildi.
Forum sanoatni rivojlantirish strategiyalarini muhokama qilish, muhim minerallarni o'zlashtirishga o'tish, barqaror investitsiya modellari va zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish uchun asosiy platformaga aylandi. Tadbirda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, AQSh, Yaponiya kabi 14 mamlakatdan 550 dan ortiq delegat va 46 ma'ruzachi ishtirok etdi.
Forum dasturi O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligidan tortib raqamli transformatsiya va kadrlar tayyorlashgacha bo'lgan ko'plab mavzularni qamrab oldi. ESG moliyalashtirish, davlat-xususiy sheriklik, IoT, Big Data va sun'iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish masalalari diqqat markazida bo'ldi.
O'zbekistonning "yashil" energetika va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan muhim minerallarning global bozoridagi roliga alohida e'tibor qaratildi. Ilg'or yechimlarni mahalliylashtirish, mutaxassislarni tayyorlash va ta'minot zanjirlarining barqarorligi masalalari muhokama qilindi.
Forumning ikkinchi kunida OKMK Texnologiya departamenti boshlig'i Abduqahhor Saynazarov ma'ruza qildi. U mis eritish zavodida issiqxona gazlari va oltingugurt dioksidi chiqindilarini kamaytirish bo'yicha kombinat yondashuvlarini taqdim etdi, shuningdek, OKMK texnologiya markazining innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha faoliyati haqida gapirdi. Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlari orasida:
"Fan va innovatsion ekotizim integratsiyasiga asoslangan sheriklik va hamkorlik" mavzusidagi panel sessiyasi doirasida ilmiy muassasalar, universitetlar va sanoat korxonalarini birlashtirgan milliy platformani yaratish muhokama qilindi.
Forum ushbu sohada kasb-hunar ta'limi kelajagiga bag'ishlangan sessiya bilan yakunlandi. Ishtirokchilar xalqaro standartlarni joriy etish, korporativ dasturlarni ishlab chiqish, oliy o'quv yurtlari va ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
OKMKning UIMF-2025 forumida ishtiroki kombinatning barqaror rivojlanish, tехnologiyalarni yangilash va kadrlar tayyorlash masalalarida faol pozitsiyasini namoyon qildi. Forum tajriba almashish, yangi hamkorliklar o‘rnatish va O‘zbеkistonning kon-mеtallurgiya tarmog‘ini uzoq muddatli rivojlantirish yo‘nalishlarini bеlgilash uchun muhim maydon bo‘ldi.
Axborot xizmati