"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida “Ularning hayoti biz uchun ibrat” mavzusida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda sobiq davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Abduhoshim Mutalov, O‘zbekiston xalq shoiri Barot Isroil, Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati rahbari Rahmatilla Sheraliyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ullari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, shoira Farog‘at Xudoyqulova, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova, Toshkent viloyati Nuroniylar kengashi raisi Abdusamat Nosirov, Toshkent viloyati Kasaba uyushma kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov va Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov, Jurnalistlar uyushmasi va Olmaliq shahar Nuroniylar kengashi, OKMK nuroniylari ishtirok etishdi.
Tadbirda Abduhoshim Mutalov o‘z mehnat va hayot faoliyati haqida yoshlarga so‘zlab berar ekan, mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimizda ro‘y bergan hodisalar, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Ayniqsa, bugungi kunda kombinatda amalga oshirilayotgan asrlarga tatigulik o‘zgarishlar, investitsiyaviy loyihalar va ushbu loyihalarda ishtirok etayotgan kombinat ishchi-xodimlari haqiqiy zamonamiz qahramonlari ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda ishtirok etgan shoirlar o‘z ijod namunalarini tomoshabinlar hukmiga havola etishdi.
Shuningdek, tadbir davomida texnika fanlari doktori, professor Abdurashid Hasanov va shogirdlari tomonidan nashr qilingan bir qator ilmiy asarlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova tomonidan ijro etilgan dilrabo taronalar nuroniylarni raqsga chorladi.
Tadbirda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, jurnalist Oysara Dadayeva muallifligida OKMKning 75-yilligiga bag‘ishlangan “Yashil iqtisodiyot sari” hamda “Toshlardan taralgan ohang” kitoblarining taqdimoti ham o‘tkazildi.
“Toshlardan taralgan ohang” asari badiiy xronologik qissa bo‘lib, kitobda mamlakatimizning yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon metallurgiya kombinatining 75 yildan ziyod tarixi haqida hikoya qilinadi. Ushbu kitobda mamlakatimiz og‘ir sanoati, kombinat ishchisining hayoti, faoliyati turmush tarzi, kon ishlari, maʻdanlarni boyitish va undan nodir, qimmatbaho metallarni olishgacha bo‘lgan jarayonlar haqida batafsil hikoya qilinadi.
Kitob taqdimotida so‘z olganlar, ushbu asar kitobxonga kombinat haqida boy tasavvurga ega bo‘lish uchun muhim manba ekanligini ta’kidlashdi.
OKMK Axborot xizmati