• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Umidjon eng yaxshi yosh kimyogar

09 Iyun 2023, 17:50 2135

Oʻzbekiston boyliklari haqida gap ketar ekan, ular orasida ilmu salohiyatli yoshlar ham bor. Har qanday soha taraqqiyotiga poydevor qoʻya oladigan yigit qizlarni qoʻllab quvvatlash esa juda katta natija berishi aniq.  OKMK da ham ayni shu jihatga muhim e’tibor qaratilgan.

Korxonada zahira kadrlarni aynan yoshlar orasidan tanlab ularni tayyorlab borishdek muhim tashabbuslar juda koʻp.

Ulardan biri yosh va turli sohada faoliyat olib boruvchi ishchilarni saralash maqsadida tashkil etilayotgan mahorat tanlovlaridir.

30-iyun -  Yoshlar kuni arafasida Eng yaxshi yosh kimyogar tanlovi oʻtkazildi.

Baxslar 30 yoshgacha boʻlgan hamda   boʻlinmalarda kimyoning turli yoʻnalishlarida faoliyat olib boruvchi oliy ma’lumotli mutaxassislarni bir nuqtaga jamladi.

Tanlovning ilk bosqichida 15 nafar ishtirokchi sohaga oid 20 ta test savollariga 40 daqiqa ichida javob yoʻllashdi.

Shundan soʻng, barcha qatnashchilar 2 bosqich uchun tayyorlangan 5 ta kimyo boʻyicha muammoli masalalarni belgilangan vaqt ichida bajarishdi.

Soʻnggi bosqich esa nazariy bilimlarni mustahkamladi.

Belgilangan vazifaga koʻra, Kombinatning asosiy bosqichlarida muhim sanalgan mis kuporosi tarkibidagi mis konsentrati foizini aniqlash lozim edi. Laboratoriya jarayonlari uchun titrometrik usul tanlandi.

Hakamlar xay’atiga oldindan ma’lum boʻlgan natijani esa ishtirokchilar amaliy va tahliliy taqdim etishlari lozim edi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 100 ballik tizimdan 79,8 bal bilan Markaziy tahlil laboratoriyasi xodimi Nargiza Omonova 3-oʻrinni,  Portlovchi materiallar zavodi vakili Ahror Yoʻldoshev  80,4 ball bilan 2-oʻrinni egalashdi.

Shuningdek, Markaziy tahlil laboratoriyasi xodimi Umidjon Ayupov 90,9 ball orqali mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib,«Eng yaxshi yosh kimyogar», deya topildi.  Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech