"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan 2025-yil 19-iyun kuni “QS World University Rankings 2026" xalqaro reytingi e'lon qilindi.
Eʻtiborlisi ushbu reytingda Toshkent davlat texnika universiteti muhim tarixiy natijalarni qayd etdi. Universitet dunyodagi eng nufuzli 1000 ta OTM qatoriga ilk bor kiritilib, umumiy reytingda 901-950 oʻrinlarni egalladi.
Ayniqsa, "Bitiruvchilar yutuqlari" indikatori bo'yicha jahon miqyosida 540- oʻrin hamda O'zbekiston OTMlari orasida 1-o'rinni egalladi.
Ushbu yutuqlar universitetda kadrlar tayyorlash sifati, ularning hayotda o'z o'rnini topa olishi va ishlab chigarish sohalari bilan chuqur integratsiyalashuvini yana bir bor tasdiqlaydi.
2025-yil 21-iyun kuni tashkil etilgan tantanali tadbirda erishilgan yutuqning omillari, tajriba va fikr almashish, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbirda OKMK Oʻquv markazi masʻullari ishtirok etishdi. Mazkur ulkan yutuqlarga erishishda "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ bilan olib borilayotgan samarali hamkorlik, bitiruvchilarning kombinatda amaliyot o'tashi, ularni ish bilan ta'minlashda ko'rsatilayotgan doimiy yordam va amaliy yondashuv eʻtirof etildi.
Sultonmurod Toʻraboyev,
Oʻquv markazi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻlimi boshligʻi