Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oʻzbekiston dunyo grafit bozoriga qoʻshildi

03 Iyun 2025, 10:58 920

Oʻzbekiston Yevropa ilgʻor uglerod va grafit materiallari uyushmasining (ECGA) toʻlaqonli a’zosiga aylandi. Bu orqali mamlakat global grafit sanoati markaziga Markaziy Osiyodagi ilk davlat sifatida qoʻshildi.

Belgiya poytaxti Bryusselda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati boshqaruv raisi oʻrinbosari Amir Abidov xalqaro hamjamiyatga kombinatning ilmiy-tadqiqot ishlari, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik salohiyati haqida taqdimot oʻtkazdi. Texnologik metallar kombinatining ilmga asoslangan yondashuvi va mintaqaviy yetakchilik pozitsiyasi ECGA a’zolari tomonidan yuksak baholandi.

Agar birgalikdagi hamkorligimiz izchil davom etsa, bu Yevropa Ittifoqi uchun strategik resurslar ta’minotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu platforma texnologik taraqqiyot, sanoat integratsiyasi va bilim almashinuvi borasida katta imkoniyatlar yaratadi”, – deydi uyushma bosh kotibi Korina Xebestreyt.

Ushbu uyushmaga a’zolik Oʻzbekistonga Yevropaning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlik, Grafit va uglerod texnologiyalarini Oʻzbekistonga transfer qilish, Xalqaro malaka dasturlarida ishtirok etish, R&D va yashil texnologiyalar yoʻnalishida tajriba almashinuvi kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ma’lumot uchun: ECGA – 33 mamlakat vakillarini birlashtirgan nufuzli platforma boʻlib, grafit va uglerod materiallari sohasida ilgʻor texnologiyalar, ilmiy markazlar va ishlab chiqaruvchilarni bir joyga jamlaydi.

OʻzTMK Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech