Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi

16 Iyun 2026, 13:31 40

Bugun V Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi. 18 iyun kuniga qadar davom etadigan xalqaro investitsiya forumida dunyoning 99 mamlakatidan 8 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Nufuzli xalqaro tadbir doirasida yirik investitsiya kelishuvlari imzolanishi va O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati keng namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Forum dasturidan yalpi majlis, ikki tomonlama uchrashuvlar, tarmoq va hududlar taqdimotlari, investitsiya kelishuvlarini imzolash marosimlari hamda ishbilarmonlar muloqotlari o‘rin olgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini namoyish etuvchi ko‘rgazma tashkil etilib, unda qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, geologiya, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo sanoati, energetika, sunʼiy intellekt va axborot texnologiyalari sohalaridagi imkoniyatlar taqdim etiladi.

Joriy yilgi forum doirasida kimyo sanoati, geologiya va metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, energetika, raqamli texnologiyalar, transport-logistika, turizm va taʼlim kabi qator yo‘nalishlarda yirik investitsiya kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan.

Ushbu nufuzli forumda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham ishlab chiqarish salohiyati va amalga oshirilyotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan ishtirok etmoqda.

Bo`lishmoq:
Text to speech