Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Tojikiston Respublikasining “Tamoxush” mas'uliyatli cheklangan jamiyati tomonidan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga yuborilgan 5,0 kg miqdoridagi vanadiy besh oksidi olinishi bilan birlashma mutaxassislari vanadiy metallini olish maqsadida darhol ishga kirishishdi. Uzoq vaqt davomida olib borilgan chuqur izlanishlar va taqiqotlar natijalariga tayanilgan holda amaliy natijalar yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yildi. Birlashmaning kompozit materiallar va qattiq qotishmalar sexiga o‘rnatilgan PVA TePla hamda Ilmiy texnologik markazida mavjud Issiq bosimda presslash uskunasida vanadiy metallini vakkum ugletermik usulda olinishi uchun asosiy texnologik qurilma sifatida tanlab olindi.
Metalli vanadiyning olinishi uslubiga qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, vanadiy besh oksidini vodorod yordamida qayta tiklagan holda olingan vanadiy uch oksidi stexiometriya bilan hisoblangan miqdorda gazli muhitda aralashtiriladi va briket holatiga keltiriladi. Ular vakuumda uch bosqichda isitiladi va har ikki bosqich o‘rtasida briketlar yana yanchiladi va yana briketlanadi. Bu massa reaksiya yuzasini yangilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir navbatdagi qizdirishlarda vakkumning va pishitishning haroratlari oshirib boriladi, qayta tiklashning so‘ngi bosqichi 1680-1700°C haroratda 10-3 – 10-4 mm rutut stolbasigacha bo‘lgan vakkum sharoitida amalga oshiriladi.
Vakuumli ugletermik uslub vanadiy olinishida eng istiqbolli uslublar sifatida e'tirof qozongan. U uglerod oksidining +1250° dan +1700 °S haroratgacha bo‘lgan vakkumli muhitda qayta tiklanishiga asoslangan. Kimyoviy jihatdan toza boshlang‘ich materialning qo‘llanishi spektrial jihatdan toza metall olish imkonini beradi.
Arzon qayta tiklovchining qo‘llanishi, shuningdek reaksiyaning to‘liq nazorat ostida bo‘lishi va reaksiya har bir bosqichiga tahrir o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatlari mavjudligi uslubning asosiy jihatlari hisoblanadi. Shu bilan birga saralab olinish darajasi boshqa uslublarga qaraganda yuqori bo‘lishi amalda o‘z isbotini topdi.
Ugletermik qayta tiklash uslubida metalli vanadiyning olinishi bir necha bosqichliklarda borildi. Mazkur texnologiya asosida olingan metalli vanadiyda uglerodning tarkibiy miqdordagi og‘irlik ulushi 0,33 % ni tashkil etadi.
Vanadiyning asosiy qismi (85%) qora metallurgiyada po‘lat, cho‘yan va qattiq qotishmalarning mustahkamligini, issiqqa, yemirilishga va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Vanadiy qirqish ishlarida, asbobsozlik va konstruksion material sifatida ishlatiluvchi po‘lat tarkibiga ham qo‘shiladi. Galliy, kremniy va titan bilan hosil qilgan ba'zi qotishma hamda birikmalari o‘ta o‘tkazuvchanlikka egaligi bilan diqqatga sazovor. Toza Vanadiydan atom energetikasida va elektron asboblar ishlab chiqarishda ham keng foydalaniladi. Vanadiy birikmalari kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida, shuningdek qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, to‘qimachilikda, lok-bo‘yoq, rezina, sopol, shisha ishlab chiqarishda, foto va kino sanoatida ishlatiladi.
Kombinatning Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari tomonidan vanadiy metalli ilk namunalari olindi va izlanishlar davom ettirilmoqda.
Axborot xizmati