"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida OKMK tomonidan Mis kompleksini qo‘riqlab kelayotgan harbiy xizmatchilarga munosib sovg‘a hozirlandi.
Joriy yilning 7-yanvar kuni Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismida OKMK homiyligda barpo etilgan zamonaviy infratuzilmaga ega yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
Ushbu binoning tantanali ochilish marosimda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov, OKMK rahbariyati, Olmaliq shahar hokimligi mas’ullari, O‘zbekiston Qahramoni Saydali Rahmonov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning jangovar xizmat faoliyatini samarali olib borishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.
Shundan so‘ng, mudofaa vaziri mazkur binoni qurish va ta’mirlash ishlarida yaqindan ko‘mak bergan OKMK rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, harbiy qism shaxsiy tarkibi uchun yangi xizmat avtomobillari kalitlarini topshirdi.
Tantanali marosimdan so‘ng, mehmonlar yangi o‘quv binosida harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida 3-Mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi munosabati bilan qo‘riqlash xizmatini kengaytirish va harbiy xizmatchilar malakasini oshirishga munosib sharoit yaratish maqsadida qurilgan mazkur uch qavatli bino 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, undagi 50ga yaqin xonalarda jangovar hamda ma’naviy-ma'rifiy tayyorgarlik sinflari, kutubxona, IT xonasi hamda xizmat xonalari zamon talablari asosida tashkil etilib, eng so‘ngi jihozlar bilan ta’minlangan.
Shuningdek, binoning yon qismida 20ta maxsus harbiy texnikaga mo‘ljallangan yopiq avtoturargoh ham barpo etildi.
E’tiborlisi, mazkur binoning loyiha va qurilish ishlari kombinat tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirildi.
Axborot xizmati