Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun "Metallurg" madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida so‘z olgan OKMK boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov davlatimiz rahbari boshchiligida milliy armiyamiz qudrati yildan-yilga oshib borayotganini, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni har birimiz asrab-avaylashimiz lozilmigini ta'kidlab, harbiy xizmatchilarni, huquq-tartibot idoralari xodimlarini sana munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan farzandlari muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bir guruh kombinat ishchi-xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tadbir davomida Mis kompleksida o‘z xizmat vazifalarini olib borayotgan Mudofaa vazirligining toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismi xizmatchilari, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi hamda Qalmoqqir kon boshqarmasining qo‘riqlash xizmatlari, Olmaliq shahar Mudofaa bo‘limi xodimlari, faxriy harbiylar esdalik sovg‘lari bilan taqdirlanishdi.
Tadbir davomida “Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.
Ayniqsa, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarining jangovar ko‘rgazmali chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Axborot xizmati