"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘zining ulkan ishlab chiqarish salohiyati va strategik xom ashyo zahiralari bilan xorijiy investorlar uchun yuqori ishonchli va manfaatli hamkor sifatida ko‘rilmoqda. Buni OKMK ga tashrif buyurayotgan ko‘plab xorijiy delegatsiyalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Joriy yilning 16-aprel kuni OKMKga tashrif buyurgan Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yojef Roja boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham kombinat bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istagini bildirishdi.
Delegatsiya a’zolari va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida Vengriya kompaniyalari bilan kombinat o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Xususan, Vengriyaning “EU-Roller”kompaniyasi bilan konveyr roliklarini ishlab chiqarish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Mehmonlar “Yoshlik 1” koni hududida joylashgan Maydalash va qayta yuklash majmuasida ham bo‘lishib, u yerdan 3-Mis boyitish fabrikasining yirik maydalangan ruda omboriga yetkazib berilayotgan ma’danlarni tashish jarayonini kuzatishdi. Ma’lumot uchun Germaniyaning “Aumund” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 6 ta plastinali taminlagichlar yordamida tasmali konveyerlar orqali uzunligi 4200 metrni tashkil etuvchi FLSmidh kompaniyasida ishlab chiqarilgan 2 ta magistral konveyerlar orqali ma’dan tashiladi. O‘z navbatida, har biri 1500 kVt quvvatga ega bo‘lgan 4 dona, Germaniyaning ABB kompaniyasi elekrodvigatellari bilan jihozlangan ushbu konveyerlarning har ikkalasi, soatiga 6500 tonnadan ma’danni, sekundiga 4 m tezlikda, “Yoshlik 1” konidan 3-Mis boyitish fabrikasida joylashgan, umumiy sig‘imi 320 000 t.ga teng bo‘lgan yirik maydalangan ruda omboriga yetkazib beradi.
Shuningdek, mehmonlar tashrif davomida 3-Mis boyitish fabrikasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Yojef Roja - Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi: - Bundan 2 yil avval OKMKga ilk bora tashrif buyurgandim. O‘tgan 2 yil davomida kombinatda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘libdi. Davlatingiz rahbari boshchiligida joriy yilning 16-mart kuni rasman o‘z faoliyatini boshlagan 3-Mis boyitish fabrikasi bizni hayratlantirdi. Ta’kidlash kerakki, fabrika eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ekan. Bugun men bilan birga Vengriyaning aynan tog‘-kon sanoati sohasida eng yetakchilardan bo‘lgan kompaniya vakillari ham kelishdi. O‘ylaymanki kelgusida yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqib, hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqamiz.
Axborot xizmati