Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Bundan 70 yil avval, aniqrog‘i 1955-yil 1-aprel kuni sex sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi mehnat jamoasi kombinat ishlab texnologik ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etadi.
2024-yil 30-sentyabr kuni esa mazkur sex 8 ta ishlab chiqarish uchastkasidan va 4 ta texnologik smenadan iborat katta bir boshqarmaga aylantirildi.
Mehnat jamoasining qutlug‘ 70 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-aprel kuni boshqarmada bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Behzod Mamatov bugungi kunda boshqarma mehnat jamoasi nafaqat kombinat tarkibiy bo‘linmalarini sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirmoqda balki “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etayotganligini ta'kidlab, mehnat jamoasini yubiley sanasi bilan tabrikladi va o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Sana munosabati bilan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanovning buyrug‘iga ko‘ra, 5 nafar ilg‘or ishchi-xodimlar III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, 30 nafar ishchi-xodimlar kombinat Faxriy Yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston Davlat San'at va madaniyat institutining ijodiy jamoalari hamda “Metallurg” madaniyat saroyining badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.
Ayniqsa, ustazoda san'atkor Aziz Rajabiyning dilbaro taronalari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, shu kuni “Oqsaroy” tantanalar majmuida ham bayram tadbiri tashkil etildi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: