Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Volontyorlar uchun o‘quv seminari start oldi

12 Yanvar 2026, 14:53 752

Ma’lumki mamlakatimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Bu orqali davlat iqtisodiy siyosatini to‘g‘ri rejalashtirish uchun asosiy ma’lumot manbai shakllantiriladi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham ushbu muhim tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tadbirni samarali o‘tkazish uchun kombinat tarkibiy bo‘linmalarida volontyorlar shakllantirilib, ular uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun O‘quv markazi tomonidan Muhandislar maktabida Toshkent viloyati statistika bo‘limi mutaxassislari ishtirokida kombinat tarkibiy bo‘linmalaridan tavsiya etilgan volontyorlar uchun o‘quv seminari start oldi.

O‘quv seminari davomida mutaxassislar tomonidan volontyorlar uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni berishdi.

O‘quv seminari yana ikki kun davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich (15–31-yanvar)

17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu qulay, tez va zamonaviy usul bo‘lib, uydan chiqmasdan ro‘yxatda qatnashish imkonini beradi.

2-bosqich (4–28-fevral)

“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshetlar orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini amalga oshiradi.

Bu bosqichda har bir xonadonga borilib, shaxsiy ma’lumotlar aniqlanadi.

Savolnoma tarkibi:

Ro‘yxatda fuqarolardan va qishloq xo‘jaligi subyektlaridan jami 71 ta savol bo‘yicha ma’lumot olinadi:

Aholiga oid — 54 ta savol (yosh, ta’lim, ish bilan bandlik, yashash sharoiti va h.k.);

Qishloq xo‘jaligiga oid — 17 ta savol (yer maydoni, chorva soni, ekin turlari va h.k.).

Ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlanadi.

Shaxsga doir ma’lumotlar qonun bilan muhofaza qilinadi.

Savolnoma natijalari boshqa idoralarga taqdim etilmaydi va faqat statistik tahlil uchungina ishlatiladi.

Baxtiyor Niyazmetov,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech